9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 23-mavzu Germaniya bilan yaqinlashuv
Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyosatining
markazida, asosan, Bolqon yarimoroli yotgan.
Avstriya-Vengriyaning yakka o‘zi bu vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.
Shuning uchun ham u Germaniya bilan yaqinlashdi. O‘z navbatida, Germaniya ham bu yaqinlashuvdan manfaatdor edi.
Germaniya buyuk davlatlar o‘rtasida bo‘linib bo‘lgan dunyoni yana qayta bo‘lishga intilayotgan edi.
Germaniyaga, albatta, ittifoqchi zarur edi. Natijada, 1879-yilda bu ikki imperiya o‘rtasida ittifoq shartnomasi tuzildi.
Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari
Slavyan xalqlari o‘z milliy-ozodliklari uchun doimiy kurash olib borgan. Bu kurashda ular Rossiyaga tayangan.
Rossiya slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlash barobarida
o‘zi ham Bolqonda mustahkam o‘rnashib olishga intilgan.
1878-yilda bo‘lib o‘tgan Berlin kongressida Avstriya-Vengriya Bolqondagi Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqini qo‘lga kiritdi. 1908-yilda Avstriya-Vengriya o‘z maqsadini amalga oshirdi.
Bu esa Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi.
Avstriya-Vengriyaning urushga tayyorgarlik ko‘rishi
Turkiya va Italiya manfaatlarining Shimoliy Afrikada to‘qnashuvi, oxir-oqibatda, 1911-yilda ular o‘rtasida urush kelib chiqishiga olib keldi.
Bolqonning mustaqil davlatlari Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va ularga qo‘shilgan Gretsiya tez orada Bolqon ittifoqini tuzdilar. Ittifoq 1912-yilda Turkiyaga qarshi urush boshladi.
Bu urush Bolqon slavyanlari va greklarning Turkiya hukmronligidan ozod bo‘lishi bilan tugadi.
Bu urush tarixga „Birinchi Bolqon urushi“ nomi bilan kirgan.
Avstriya-Vengriya o‘z maqsadiga erishdi ham. Oqibatda, 1913- yilda Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi. Shu tariqa, Ikkinchi Bolqon urushi boshlanib ketdi. Ikkinchi Bolqon urushida Bolgariya yengildi va qo‘lga kiritilgan hududlarining bir qismini yo‘qotdi. Avstriya-Vengriya urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.
Mamlakatda qisman safarbarlik ham o‘tkazildi. 1914-yilda esa parlament tarqatib yuborildi.
1914-yil 28-iyulda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans-Ferdinandning o‘ldirilishi Avstriya-Vengriya hukmron tabaqalarining urushni boshlab yuborishlari uchun bahona bo‘ldi.
Frans-Ferdinand
Savol va topshiriqlar 1. Avstriya-Vengriya nega Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini yuritdi? 2. Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari qanday kechdi? 3. Bolqon urushi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |