Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
Avstraliya milliy partiyasi, 1916 yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944 yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977 yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927 yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi
Avstraliya– yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.
Tarixi
ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelganlar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851–61) munosabati bilan ko‘chib keluvchilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A.dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854 yildagi Evrika qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855 yilda ularning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 yil A.dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shimoli-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 yildan Avstraliya– BMT aʼzosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari – liberal va agrar (1975 yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983 yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 yilda A. bilan Oʻzbekiston Respublikasi o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami – A. kuni (26 yanvar).
Do'stlaringiz bilan baham: |