Август 2020 3-қисм
Тошкент
amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo‘l ostida bo‘lgan. Masalan, Amir Muzaffar Buxoroda
o‘zining qarorgohida arxivni o‘z yonida saqlardi. Uning o‘g’li Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi
devonxona arxivini o‘zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi. 1910-1920 yilda
Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo‘l ostida edi. Baxtga qarshi
Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Shunday taxminlar
borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishg’ol qilingan
edi va bu arxiv turk frontiga ko‘chirib o‘tkazilgan. O‘zbekiston Milliy arxivida 5 mingga yaqin
Buxoro amirligi devonxona hujjatlari saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qushbegisi
nomiga yozilganligi sababli «Buxoro amirligi Qushbegisining kanselyariyasi»arxivida saqlanadi.
Bundan tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg‘oniston shohi o‘rtasidagi yozishma hujjatlari ham
saqlanadi. Qushbegi Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega edi, butun devonxona orqali davlat
boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy,iqtisodiy doiradagi hujjatlar o‘tardi. Mirzo Nasrulloh
qushbegigacha arxiv tartibga ketirilmagan bo‘lib, er ostida maxsus sandiqlarda saqlanardi. YAngi
tayinlangan Usmonbek Qushbegi savodsiz kishi bo‘lganligi sababli, arxivning tarixiy ahamiyatiga
uncha e’tibor bermagan. 1920 yil sentyabr oyida Buxoroda Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng,
Kuybishev boshchiligida Amir va Qushbegining arxivini topish va uni saqlash yuzasidan Buxoro
Revkomi tomonidan buyruq chiqarilgan edi. CHK va militsiya xodimlari tomonidan Arkning
er osti xonalarida hujjatlar saqlangan sandiqlar topilgan. Ayrim hujjatlar devonxonaning polida
va tokchalaridan topilgan. Taxminan ular ham amaldorlar tomonidan quvg‘in paytida tashlab
ketilgan. Barcha hujjatlar hech qanday tartibsiz va yozuvsiz qutilarga solingan va sobiq Sovet
Xalq Nozirligi omborlariga jo‘natilgan, u erda tashqi ishlar vazirligi omborlariga joylashtirilgan.
Ming yildan oldin yozilgan bu hujjatlarning shu kunlarga qanday yetib kelgani ko‘pchilik
uchun qiziq albatta.
Arxiv ma’lumotlarida keltirilishicha, vaqf hujjatlari 1972 yilga qadar Petrburgda saqlangan.
Bizning hujjatlar olis yurtlarda nima qilib yuribdi desangiz, Chor Rossiyasi davrida O‘zbekiston
boyliklari sifatida barcha manbalar olib ketilgan. Yillar davomida bu hujjatlar kerak, nokerakka
ajratilgan. Mutaxassislar o‘rganib, vaqf muhim hujjatlar qatoriga kirmasligi, ularni O‘zbekistonga
qaytarish mumkinligini tavsiya etishgach, bu hujjatlar davlat arxiviga topshirilgan.
Nima ham deymiz? Bu hujjatlar bizga kerak va eng muhimi yurtimizga qaytdi. Kim biladi
deysiz, ajdodlarimizning qanchadan-qancha bebaho durdona asarlari, ilmiy yutuqlari qaysi
o‘lkalarda ushlab turilibdi. Eh, beshafqat tarix.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, S.Xoshimov, O’.Ubaydullayev “vatan tarixi” kitobi Sharq
nashriyoti Toshkent 2016
2. A.Sa’diyev “O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish” O’qituvchi nashriyoti Toshkent 1993-
yil
3. R.H.Murtazayeva va boshqalar. “O’zbekiston tarixini” darslik. Yangi asr avlodi Toshkent
2005-yil
4. Aim.uz
5. Wikipedia.org
67
Do'stlaringiz bilan baham: |