Август 2020 3-қисм
Тошкент
XIV ASRNING IKKINCHI YARMI – XV ASRDA MOVAROUNNAHR VA
XUROSONDA – MUSIQA SAN’ATI
Bo’ronova Mehriniso Mustafayevna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 2-sonli
umumiy o’rta ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi
Telefon: +998(91) 508 97 17
boronovamexriniso@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Temur va temuriylar davri madaniyatining yuksak
rivojlanganligidan dalolat beruvchi yana bir soha – musiqa san’ati, Ibn Arabshoh va Alisher
Navoiylarning musiqa san’atiga oid ilmiy ma’lumotlari, X va XII asrlarda vujudga kela
boshlagan musiqa san’atining yangi turi va Xv asrda yashab ijod qilgan shoir Ahmadiyning
“Sozlar munozarasi” asari haqida qisqacha ma’lumotlar berishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
Amir Temur , Samarqand, Ibn Arabshoh, “Mezonul-avzon”, Oruzvoriy, O’n
ikki, “Shashmaqom”, “Sozlar munozarasi”, Soqiy.
Temur va temuriylar davri madaniyatining yuksak rivojlanganligidan dalolat beruvchi yana
bir soha – bu musiqa san’atidir. Buyuk Sohibqiron Amir Temur haqidagi manbalarda va xalq
rivoyatlarida uning musiqa san’atiga juda katta e’tibor bilan qaraganligi, turli mamlakatlardan
poytaxti Samarqandga ko’plab san’at shinavandalarini to’plab, bazmi jamshid davralarini musiqa
va qo’shiq ixlosmandlari bilan qurganligi hikoya qilinadi. Ibn Arabshoh Temur saroyida juda
ko’plab musiqashunoslar, hofiz va qo’shiqchi san’atkorlar ham bo’lganligini yozadi: “... Xoja
Muhammad az-Zohid Buxoriy, ulug’ tafsirchi, hadischi, hofiz bo’lib, Qur’on ul-Karimni yuz
jildda tafsir qilgan... Qorilardan mana shular ikkalasi va mavlono Faxruddin bor edi. Qur’onni
qiroatda ham savtda ham tajvid bilan yod olgan kishilardan Abdullatif ad-Domg’oniy, mavlono
Asaduddin, Sharif Hofiz Husayniy, Mahmud Muhriq al-Xorazmiy, Jamoliddin Ahmad al-
Xorazmiy va musiqa ilmida ustoz bo’lgan Abdulqodir al Marog’iy edi”
1
.
Bu davrda musiqa san’atining rivoj topganligini shu narsadan ham bilsa bo’ladiki, Alisher
Navoiy “Mezonul-avzon” asarida xalq qo’shiqchiligining 8 turi bo’lganligini yozadi. Bu – tuyuq,
changi, turkiy, orzuvoriy (yoki oruzvoriy), muhabbatnoma, mustazod va boshqalardir. Ayrim
miniatyuralar, badiiy obrazlar va boshqalar xalq san’atining ham rivojlanganligidan dalolat
beradi. Xalq kuylari va qo’shiqlari musiqa san’atining rivojiga samarali ta’sir ko’rsatgan. X va
XII asrlarda vujudga kela boshlagan musiqa san’atining yangi o’n ikki maqom turi bu davrga
kelib yuksak bosqichga ko’tariladi, yangi kuylar bilan boyiydi. O’n ikki maqom ko’pgina kuylar
birikmasidan tashkil topgan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: Rost, Isfaxon, Iroq, Zirafkan,
Buzruk Xijoz, Buslik, Ushshoq, Husayniy, Zangula, Navo, Rahoviy. Bu maqomlarning har bin
ikki shuba (qism)dan iborat bo’lib, jami 24 shubani tashkil etadi: Dugoh, Segoh, Chorgoh,
Panjgoh, Muxayyar, Hisor, Muboraki, Nayrez, Nishopurak, Royi Iroq, Mag’lub, Rakb, Bayot,
Zabul, Avj, Navro’zi xora, Ma’mur, Ashiron, Navro’zi sabo, Humoyun, Nuhuft, G’azal, Arabon
va Ajam. Xalq o’rtasida “Shashmaqom” (olti maqom) nomi bilan kuylanib kelinayotgan musiqa
asarlari yuqorida sanab keltirilgan o’n ikki maqom zaminida shakllangandir.
Musiqa san’atining taraqqiyotini she’riyat olamidan tashqarida tasavvur etib bo’lmaydi. Musiqa
va she’riyat doimo bir-birini to’ldirib kelgan. Musiqa bilan she’riyat o’rtasidagi aloqani Xv
asrda yashab ijod qilgan shoir Ahmadiy “Sozlar munozarasi” asarida ajoyib badiiy bo’yoqlarda
tarannum etadi. Ahmadiy majoziy xarakterda yozilgan o’zining bu asarida sozlar munozarasini
beradi. Munozarada ishtirok etgan barcha sozlar: Tanbur, Ud, Chang, Qubo’z, Rubob va bosh
-
qalar o’zlaricha kerilib maqtanadilar. Nihoyat ularning munozarasiga Piri xarobot (soqiy) aral
-
ashadi va sozlarining har biriga nasihatlar qiladi, ularning har birining o’ziga xos fazilatlari
borligini ta’kidlaydi. Bu asar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan didaktik ijod mahsuli hamdir.
Shoir maqtanchoq, mutakabbir va xudbin kishilami tanqid qiladi, ularni insofga, kamtarlikka va
ahillikka chaqiradi
2
.
1
Ибн Арабшох. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). ўринбоеб
А. муҳаррирлиги остида. – Т.: “Мехнат”. 1992. – Б. 85 – 86.
2
Shamsutdinov R., Karimov Sh. vatan tarixi. 1-kitob. –T.: Sharq. 2010. – B. 482.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |