Август 2020 3-қисм
Тошкент
TARIX DARSLARIDA QO’LLASH MUMKIN YANGI PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR
Ahmedov Qudrat Axmedovich
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 94 – maktab
Tarix fani o’qituvchisi + 998934214175
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tarix darslarida qo’llash mumkin yangi pedagogik
texnologiyalardan biri bo’lgan “sakkizoyoq” metodini qo’llanishi, qaysi mavzularda qo’llash
mumkinligi haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogik texnologiyalar, Sakkizoyoq metodi, Amir Temur saltanati, Dunyo
dinlari.
Hozirgi kunda ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor vazifalardan
hisoblanadi. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishda hal qiluvchi
o‘rin tutadigan ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlar ko‘lami tobora ortib bormoqda. Ta’lim-
tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar,
zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan hamda jamiyatda o‘z munosib
o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Bugun biz sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan metod tarix darslarining ayrim mavzularida qo’llash
uchun mo’ljallangan bo’lib, bunga o’qituvchi o’z ijodiy yondashishiga qarab turli o’zgarishlarni
kiritishi mumkin. Bu metod orqali nafaqat tarix darslarini o’zlashtirish, balki boshqa fanlar aro
bog’lanishni ham ko’rish mumkin. Biz bu metod nomini “Sakkizoyoq” metodi deb nomladik.
Biz hozir bu metodni tarix fanida qanday qo’llashni o’rganamiz: 7-sinf O’zbekiston tarixi Amir
Temur saltanatining vujudga kelishi mavzusi.
Bizga ma’lumki Amir Temur saltanati yurtimizda vujudga kelib boshqa o’lkalarga ko’plab
istilochilik yurishlarini amalga oshiradi bunda biz ham geografiya fani va hozirgi kunga murojaat
qilamiz.
Dunyo xaritasidan foydalanib sakkizoyoq bosh qismini yurtimiz hududiga o’rnatamiz va uning
oyoqlarini o’quvchilarga tarqatamiz o’quvchilar Amir Temur bobomiz qaysi hududlarga istilochilik
yurishlarini amalga oshirganliklarini o’z bilimlariga suyangan holda o’yin tarzida tezkorlik bilan
aniqlaydi.
Bu metoddan yana davlatlarning faoliyati, dunyo dinlarining vujudga kelishi va fashizmning
vujudga kelishi mavzusida ham foydalansa bo’ladi bunda bizga Yevropa xaritasi kerak bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. O`zbekiston xalqlari tarixi, 2-t., T., 1994.
2. To‘ra Halimov, “Tarix darslarida interfaol usullardan foydalanish”, 2008-y.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |