Август 2020 17-қисм
Тошкент
6. Bilimlarni mustahkamlashga oid misollar yechish – masalani yechish algoritmini tuzish,
mustaqil ishni oraliq va yakuniy natijalarini tekshirish;
7. Qiziquvchanlikni oshirish – o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida turli savol-javob muhitini
yaratish, o‘quvchilar faolligini oshirish;
8. Turli didaktik tarqatmalardan foydalanish vositasi.
9. Ma’lumki, ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan multimedia – bu informatikaning dasturiy
va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, va animatsiya effektlar asosida o‘quv
materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir deb ta’rif
berilgan.
10.
Haqiqatdan ham, multimediadan o‘quv jarayonidan foydalanishda o‘quvchi o‘rganilayot-
gan mavzu yuzasidan o‘z fikrini to‘liq ifodalay oladigan darajada boy tasavvurga ega bo‘ladi,
o‘zlashtirish jarayonida ijodiy yondashishga va tasavvurni shakllanishiga erishiladi.
Hozirgi kunda mavjud multimediadan foydalanishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan quyidagi
ayrim muhim muammolarni ajratish mumkin:
Multimediadan foydalanishda shaxslashtirilgan o‘qitish shakli hisobga olinmaydi;
Kommunikativlik yoki ijtimoiy- tasavvur jarayonlari jarayonlari;
Turli xil media- ta’sirlardan ( masalan ovoz, tasvir, video, animatsiya) foydalanish har doim
ham axborotni eslab qolish, tushunish va qabul qilish muammosini hal qilmaydi, balki kanallar
shovqini orqali bilim olishni qiyinlashtiradi;
Multimedia- savodxonligining pastligi hisobidan ta’lim tizimida multimediadan foydalanishda
tayyorgarlikning yetishmasligi.
Shunday qilib,o‘qitishning an’anaviy texnologiyasi o‘rnini rivojlanayotgan yangi pedagogik
axborot texnologiya egallashi zarur. Buning yordamida dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi
axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida pedagogic muhitni izlanuvchanlik (tadqiqotchilik
xarakter bilan boyitish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiyani muvaffaqiyatli amalga
oshirishda o‘qituvchi kompyuterdan yuqori darajada foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi ya’ni
qayd etilgan vositalarni tizimli qo‘llashi, hodisa va jarayonlarni axborot tizimi asosida ifodalash,
elektron ta’lim resurslarini izlash va joriy qilish, muammoni aniq shakllantirish kabi bilimlar
talab etiladi. Bu esa ta’lim jarayonini yanada yuqori darajada rivojlanishiga asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1.L.V.Golish va D.M.Fayzullayeva “Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalasht
-
irish” Toshkent -2012
2.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. - Toshkent : O‘zbekiston, 2017. - 592 b.
3.Taylaqov N.I., Ahmedov A.B. IBM PC kompyuteri. Ilmiy ommabop qo‘llanma. -T.:
O‘zbekiston, 2001.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |