Август 2020 10-қисм
Тошкент
Asarning 5-bobi ,,Ota-onani hurmatlash haqida’’ deb ataladi. Bu bobda muallif yoshlarni ota-
onani hurmat qilishga chaqiradi. Ota-ona o’z farzandi uchun ,,o’limga ham tayyor’’ turishini
ta’kidlaydi. Ayni zamonda ota-onaning ko’nglini ranjitmaslikka, ularni hurmat qilishga va shirin
so’zlar bilan munosabatda bo’lishga undaydi. Kaykovus ota-onaning tarbiyasiga katta-e’tibor be
-
radi.U, bir tomondan, bolani ota-onani hurmat qilishga, ularni ranjitmaslikka chaqirsa, ikkinchi to
-
mondan, ota-onani bolaga yaxshi va to’g’ri tarbiya berishga undaydi. Ayni zamonda, muallif ota-
onani hurmat qilishni farzandning aqlli va dono, o’qigan bo’lishi bilan bog’laydi: ,,Har bir farzand
aqlli va dono bo’lsa, ota-onaning menr-muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi’’. Ushbu bobda
g’oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, ya’ni o’zbek va tojik xalqi ,,nima eksang, shuni o’rasan’’
degan mashhur bir maqolni ishlatadi. Bu maqolning asl ma’nosi shundan iboratki, kishi odamlarga
yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu qilmishlari boshqalar-
dan qaytadi, aksincha, odamlarga yomonlik, dilozorlik qilsa, bu ham boshqalardan qaytadi.Mana
shu qoidaga asoslanib, kaykovus o’g’liga nasihat qilib,bunday deydi:,, o’z farzandingning senga
hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmat qil, chunki sen ota-onang haqida nima ish
qilsang, farzand ham senga shunday ish qiladi’’.
6-bob ,,Bilimni oshirish va o’zini yuqori olmaslik haqida’’ligi bilan diqqatga sazovordir. Mu
-
allif jamiyat taraqqiyotida insonning ijtimoiy kelib chiqishini emas,balki birinchi o’ringa o’sha
davrda muhim o’rin tutgan hunar va ilmni qo’yadi. U podsholik sha’n-shavkatidan ko’ra hunar,
bilim egallashni, bilimsiz, hunarsiz har qanday yuqori tabaqa, nasli-nasabli shaxs hech narsaga
arzimasligini bayon qilib, bunday deydi: ,,Agar kishi oliy mansab, baland martabali bo’lsa-yu,
hunari bo’lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo’ladi. Ulug’lik nasl-nasab bilan
emas, aql va bilim bilandir. Ota-onaning qo’ygan otiga mag’rur bo’lma, chunki bu ot faqat tashqi
ko’rinishdan boshqa narsa emas, ammo hunar bilan bir nomga ega bo’lgil’’, bu fikrlar bilan mu
-
allif o’g’lini qobiliyatli shaxs bo’lishga, ishsiz, faoliyatsiz, yalqov odam bo’lmaslikka chaqiradiva
Suqrot hakimdan misollar keltiradi: ,,Suqrot hakim degan ediki, hunardan yaxshi narsa yo’qdir va
bilimdan ulug’roq narsa yo’qdir, sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo’qdir,badxo’ylikdan yomon-
roq dushman yo’qdir’’
,,qobusnoma’’ning 7-bobi ,,Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo’lish haqida’’masalasi-
ga ba’g’ishlanadi.Bu bobda nutqning go’zal ma’noli bo’lishi, nutqda so’zni noo’rin ishlatmay, o’z
o’rnida ishlatish masalalarini yoritadi, to’g’ri so’zlashga, yolg’on so’zlamaslikka, nutqni xalqqa
ma’qul qilishga undaydi. Kaykovus faqat nutq so’zlashni emas,balki boshqalarning so’zini tin
-
glashni ham tavsiya qiladi va ularning nutqidan ibrat olishni ta’kidlaydi, shunday yo’l bilan ham
yaxshi notiq bo’lishni uqtiradi: ,,Ey farzand, so’z eshitishdan qochma, kishi so’z eshitish bilan
notiq bo’ladi’’. Bu fikrni Kaykovus dalillar bilan isbotlaydi: ,,Onadan tug’ilgan chaqaloq bir bola
-
ga yer ostidan bir joy qilib, sut berib, o’sha joyda parvarish qilsalar, onasi, doyasi unga gapirmas-
alar, u bola biror odamning so’zini eshitmasa, katta bo’lganda, u saqov bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan
so’z eshitsa, o’rgansa, so’zga notiq bo’ladi.’’Muallif so’z insonlar orasida aloqa uchun xizmat
qiladi, degan fikrni ilgari suradi.
Muallif 28-bobni ,,Do’st tanlash haqida’’ masalalariga bag’ishlaydi. Do’st tanlashga ham to’g’ri
yo’l-yo’riqlarni ko’rsatadi, ya’ni inson tirik ekan do’stsiz bo’lmasligi,do’st tanlashda adashmasli-
gi, yangi do’stni topganda, eski do’stdan kechmaslik, ulardan yuz o’girmaslik, yaxshi do’st kishiga
ulug’ davlatligi, do’stlar qancha ko’p bo’lsa ham ozdek ekanligi haqida fikrlar keltiradi. ,,Aqlsiz
odamlar bilan hargiz do’st bo’lmagilki,aqlsiz do’st aqlli dushmandan yomonroqdir.Aqlsiz do’st
shunday ish qiladiki, aqlli dushman uni qila olmaydi. Oliyjanob, muruvvatli, ilmli, vafoli kishilar
-
ni do’st tutgilki, sen o’zingning muruvvating, shafqating, ilming bilan mashhur bo’lgaysan’’,_de-
gan nasihatlarni qiladi.
,,Qobusnoma’’dagi ,,Ovga borish haqida’’, ,,Chovgon o’yini haqida’’, ,,Choharpoy (ot) sotib
olish haqida’’ kabi bir qator boblarida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor beradi va o’zining yosh-
ligidan olgan tarbiyasini misolga keltiradi, jismoniy tarbiyaning boshqa turlari qatorida suvda su-
zishni o’rganishning zarur ekanini ham tavsiya qiladi.
Asarning 43-bobi dehqonchilik va bozor hunariga bag’ishlanadi.Bu bobda muallif o’g’lini qa
-
nday qilib dehqonchilik qilishni, qanday qilsa, hosilni ko’proq olish mumkinligini o’rgatadi, ya’ni
ekinni vaqtida ekish, yerni o’z vaqtida shudgor qilish, ishlovini yaxshi berish kabi hayotiy mas-
alalarni o’rgatadi.Hunar masalasida esa ishni tez va pokiza qilishni, uning hunari boshqalarning
hunaridan oldin turishini tavsiya qiladi. ,,Oz foydaga qanoat qilgil. Xaridorni ko’p qattiq turib
va og’ir baho bilan o’zingdan qochirmagil, toki shu hunaring bilan rizqing ziyoda bo’lsin. Xalq
42
Do'stlaringiz bilan baham: |