Август 2020 10-қисм
Тошкент
SINFDAN TASHQARI O‘QISH BURCHAGI ─ MUVAFFAQIYATLAR GAROVI
Yahyoyeva Gulasal Ravshanovna
Rishton tumani 26-maktab
boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
tel: 90-562-63-97
e-mail:gulasal@mail.ru
Annotatsiya:
Maqolada boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish, sinfdan
tashqari o‘qishning ahamiyati xususida fikrlar bayon etilgan
Kalit so‘zlar:
boshlang’ich ta’lim, sinfdan tashqari o‘qish, savodxonlik, qiziqish, ta’lim
mazmuni
Yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
prezidentimiz tomonidan “ Beshta muhim tashabbus ” ilgari surilgan bo‘lib, uning 4-tashabbusi
yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga
yo‘snaltirilgan. Yoshlarda bolalik chog’idan kitobga mehr uyg’sotish, mustaqil fikr va keng
dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi. Boshlang’ich
sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarning ona tilini puxta o‘rganishga
tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy estetik tarbiyalashning muhim
vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar
adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik
madaniyatini tarkib toptirishdir. Afsuski, sinfdan tashqari o‘qish darslarini hamma o‘qituvchilar
ham to‘g’ri va samarali tashkil etishga muvaffaq bo‘lmaydi. O‘qish darslarida sinfdan tashqari
o‘qish burchagini tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir.
Sinfdan tashqari o‘qish burchagini tashkil etishning asosiy maqsad va vazifalari yosh avlodni
kitob va kitobxonlikka nisbatan havas uyg’otishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
o‘qituvchi kitobxon o‘quvchilarga o‘qish uchun sharoitlar yaratib berishi lozim. Sinfdan tashqari
o‘qish burchagi kitobxonlar uchun maxsus ajratib qo‘yilishi lozim. Bu burchakni turli ko‘rinishda
jihozlash mumkin. Bu o‘qituvchining ijodkorligi va mahoratiga bog’liq. Lekin burchak qanday
ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar unda zarur kitoblar uchun tokchalar, rasm, rasm-topishmoqlar
va boshqalar uchun doskalar bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari o‘qish burchagi taxminan quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
Doskaning yonida yoki sinf xonaning orqa tomonida devorga “Sinfdan tashqari o‘qish
burchagi” yozilgan panno yoki zamonaviy dizayndagi shkafdan foydalanish mumkin. Unda
o‘quvchilar tomonidan hafta davomida o‘qishlari kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxati beriladi.
Ro‘yxatlar chiroyli yozuvda, turli rasm-u applikatsiyalar bilan mavzular bo‘yicha bezatilgan
bo‘lsa yanada yaxshi natija beradi. Ro‘yxat oxirida bolalarga “Siz bu ro‘yxatni yana qaysi yangi
kitoblar bilan to‘ldira olasiz?”, deb murojaat qilish mumkin. Bolalar ushbu mavzularga mos
bo‘lgan kitoblarni qidirib topib, ularni panno yonidagi stolga yoki shkaf tokchalariga qo‘yishadi.
O‘qituvchi yordamida ro‘yxatni to‘ldirishadi, ya’ni kitoblarni yig’ish tartibi, ularni almashtirish
muddatlari o‘qituvchining nazorati ostida amalga oshiriladi. Ushbu ishni bajarishda ota-onalar
ham faol ishtirok etsalar, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan bu ishlarni
bajargandan so‘ng qaysi kitoblar qaysi tokchalarda joylashganini bilishadi. O‘qituvchi har kuni
kitobxonlik, kitob tutish, kitob olish qonuni va gigiyenasini o‘quvchilarga ta’kidlab tushuntirib
boradi. Pannoga ikkita shaffof cho‘ntakchalar yasash mumkin. Ularning biriga keyingi mavzuga
doir kitobchalarni, ikkinchisiga o‘qigan kitoblarining kartotekasini qo‘yishadi. Bu kartotekalarda
o‘qigan kitoblari haqida ma’lumotlar, ya’ni kitob nomi, muallifi, nashriyot nomi, manzili, yili
ko‘rsatib boriladi. Pannoning bo‘sh joylarini o‘quvchilar tomonidan chizgan suratlar bilan
bezatish mumkin. Panno oldidagi stol yoki shkafdagi kitoblarni esa keyingi mashg’ulot mavzusiga
taalluqli kitoblar bilan almashtirib turish zarurdir. Qolgan kitoblar esa taxlab qo‘yiladi.
O‘quvchilar xohlagan paytlarida ushbu kitoblarni mutolaa qilib, o‘qiganlari mazmuni
yuzasidan hikoya qilishlari, suhbat va muhokama qilishlari mumkin.
O‘quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, yaratgan kitobchalaridan “kitob ijodkorlari”
burchagi tashkil etish mumkin. Guruh faollarini sovg’alar bilan rag’batlantirish ularni sinfdan
tashqari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
325
Do'stlaringiz bilan baham: |