Август 2020 10-қисм
Тошкент
SINF RAHBARINING O’QUVCHILARGA TARBIYAVIY TA’SIR O’TKAZISH
METODIKASI
Babajanov Asror Bahromvich
Babajanov G’iyos Bahromvich
Xorazm viloyati Gurlan tumani
17-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari
+998 942383040
Annotatsiya:
ushbu maqolada sinf rahbarining o’quvchilar bilan qay tarzda ishlashi, tadbirlar
yok ota-onalar bilan ishlashdagi ahamiyati tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
sinf rahbar, sinf, o’quvchi, konferensiya, ota-ona, tarbiya.
Tarbiyaviy ishlar sifat samaradorligini oshirishda sinf rahbarining faoliyatida har bir xatti-
harakat bolalarga ibratlanish hissini uyg’otish bilan birga, ularga ijobiy ta’sir ko’rsatmog’i lozim.
Buning uchun: sinf rahbari faoliyatini diagnostik tahlil qilish; ijobiy ishlarni takomillashtirish;
yutuqlarni rivojlantirish; bola shaxsini hurmatlash; qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xatolarni
tuzatish
.
Pedagog olim V.A. Suxomlinskiy o’zining «Bolalarga jonim fido» asarida bolani shod-u
xurram etishga muyassar bo’lmas ekanmiz, uning ko’zidan chinakam xursandchilikni ko’rmas
ekanmiz, u bolalar sho’xlik qilmas ekan, unga qandaydir tarbiyaviy ta’sir haqida gapirishga
haqqim yo’q... har bir bola qalbining o’zini tori bor, u o’z maqomida yangraydi... uni to’g’ri
chala bilish tarbiyasiga bog’liq mahoratdir»
.
Sinf rahbari ish faoliyatida bolalarga ijobiy ta’sir
ko’rsatuvchi uslublarni qo’llash kerak. Usub — yunoncha atama bo’lib, aynan nimagadir yo’l,
usul orqali maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Sinf rahbari — adolatli bo’lishi kerak. Bu esa bola
tarbiyasiga nisbatan ishonch paydo qiladi: buning uchun sinf rahbari har bir bolaning ma’naviy
dunyosini bilishi;
har bir inson bolalikdan mehr va hamdardlikni talab etadi. Ayniqsa, oilasida mehr va
hamdardlikni ko’rmagan bolaga tarbiyachi rahbar buni berishi kerak;
bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning asosi — boladagi qayg’u, dardalamlarni hammadan
oldin o’qituvchi rahbar bilib olishi va uning ko’nglini bilishdan iborat;
sinf rahbari har bir bolani oilasi bilan mustahkam aloqa o’rnatmay turib, bolaning sog’lig’i
va oilaviy sog’lom muhitning mavjudligi haqida g’amxo’rlik ko’rsata olmaydi, buning uchun
ota- onalar bilan suhbatda bo’lish lozim;
sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf jamoasida olib boriladigan faoliyatini tahlil
qila bilishi lozim. Sinf rabarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari :
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar yanada samara berishi uchun ular bilan aloqaning
turli-tuman shakllaridan foydalanmoq zarur. Ayrim sinf rahbarlarida bu aloqalar ba‘zan o‘quv
choraklari oxirida o‘zlashtirish natajalari bo‘yicha ota-onalar majlislari o‘tkazish bilangina
cheklanib qoladi. Bunday vaziyatda sinf rahbari o‘quvchilarning uy sharoitini yaxshi bilmaydi va
hamma vaqt ham ota-onalar bilan kelishib ish tuta olmaydi. Ota-onalar bilan ishlashda jamoa va
yakka tartibdagi ish shakllarini qo‘shib olib borish maqsadga muvofikdir. Ota-onalar majlislarida
boshlagan tushuntirish ishini sinf rahbari ularning uylari va maktabda, yakka hollarda uchrashgan
vaqtlarda ham davom ettirishi kerak. Ularning majlisga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam
berish sinf rahbarining vazifasidir. Majlisning kun tartibi haqida ota-onalar oldindan xabardor
qolinishi zarur. Majlisni o‘quvchilarni sud qilish xonasiga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat
va ma‘ruzalarning mazmuni ota-onalar talabi va qiziqishiga, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya
berishning aniq vazifalariga bog‘liq. Masalan, IV, V sinf o‘quvchilarining ota-onalariga uy
mashg‘ulotlarini tashkil etish, bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat ishiga jalb etish tug‘risida gapirib berish
mumkin. VI, VIII sinf o‘quvchilari ota-onalariga mo‘ljallangan ma‘ruzada o‘smirlarga muomala
qilishda ularning ruhiyatiga e‘tibor qaratish zarurligi haqida, o‘quvchilarning qiziqish doirasini
kengaytirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish to‘g‘risida gapirish lozim. Suhbat
va ma‘ruzalar muntazam sur‘atda va muayyan dastur asosida o‘tkazib turilsagina ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin. Bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish konferensiyalari
Bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish konferensiyalari : Bunday konferensiyalarda bolalar
tarbiyasi borasida tajriba almashish asosiy o‘rin tutadi. Sinf rahbarlari va o‘qituvchilar qiziqarli
225
Do'stlaringiz bilan baham: |