Август 2020 10-қисм



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/368
Sana07.07.2022
Hajmi3,39 Mb.
#752732
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   368
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
BIOLOGIYA DARS MASHG’ULOTLARIDA INTERFAOL METODLARDAN 
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Yusupova Niyozgul Ibodullayevna, o’qituvchi
Xorazm viloyati, Shovot tumani 53-IM oliy toifali o’qituvchi
yusupova@umail.uz
Annotatsiya: 
Maqolada biologiya dars mashg’ulotlarida o’quvchilarning faolligini, hamda, 
bilim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
ko’rgazmali materiallar, interfaol metodlar, noan’anaviy dars, kimyoviy 
reaktivalar, biologik obyekt.
Yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari, hamda. rahnamoligi ostida yosh avlod tar
-
biyasiga alohida ahamiyat qaratilib, farzandlarimizning har tomonlama barkamol ulg’ayishi uchun 
mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sharoitlar yaratilmoqdi. Yaratilgan sharoitlar 
tufayli iqtidorli yoshlarimiz san‘at va sport sohasida jahon maydonlarida yuqori natijalarni qo’lga 
kiritmoqdalar yurtimiz dovrug’ini dunyoga yoymoqdalar. Xususan, ta’lim tizimida ham katta 
o’zgarishlar ro’y bermoqda. 
Biologiyani oʻqitish davomida tanlangan oʻqitish metodlari biologik bilimlarni va koʻnikmalarni 
egallashni ta‘minlashi kerak. Biologiyaning koʻpgina mavzulari amaliy xarakterda boʻlib, ularni 
faoliyat orqali hal qilishni talab qiladi. Oʻquvchilar diqqatini nazariy bilimlarni oʻrganishga va 
maqsadni arzirli natijalarni qoʻlga kiritishga qaratish kerak, shuningdek, oʻquvchilardan muhim 
nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda oʻz ustida mustaqil ishlashlari ham zarurligi talab 
etiladi. 
Amaliy metodlarni qoʻllashning ijobiy natijalari shundaki, ular oʻquvchilarni tanqidiy oʻylash
-
ga, rejalashtirishga, savollarga javob topishga, bahslashishga va yechim topishga ruhlantiradi. Da
-
laga sayohat va dala ishlari kabi dala mashgʻulotlari oʻquvchida amaliy va shaxsiy bilim koʻnik
-
malarini rivojlantiradi, fanga qiziqishini orttiradi. Dala mashgʻulotlari oʻquvchining tabiatni va 
atrof-muhitni kuzatishiga sharoit yaratadi, shuningdek, sinf xonasida egallagan bilimlarini sinash-
ga, bilimlarini tajribada qoʻllashga imkon beradi, oʻquvchi bilimi va xulq-atvorida ijobiy natijalar
-
ni keltirib chiqaradi. Biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga oʻqitishning 
muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, oʻquvchilar faoliya
-
tini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari, nazorat va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari kiradi. Bi
-
ologiyani oʻqitishda reproduktiv metodlar boʻlgan ogʻzaki bayon, koʻrgazmali va amaliy metodlar 
bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Buning uchun oʻqituvchi mazkur metodlarning oʻziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga ki
-
radigan metodik uslublarni toʻgʻri anglashi va oʻz oʻrnida samarali foydalanish koʻnikmalarini 
egallagan boʻlishi lozim. 
Dars jarayonida interfaol metodlar qoʻllanilganda, oʻquvchilar oʻqituvchi va oʻquvchilar bi
-
lan oʻzaro hamkorlikda boʻladi. Natijada biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, 
izohlash kompetensiyasi, biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tka-
zish kompetensiyasi shakllanib boradi. Bu esa o’quvchilarda biologiya fanida mavjud didaktik va 
tarqatmali materiallar, labaratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivalar bilan ishlay olish hamda havf-
sizlik qoidalariga rioya qilish, vaqtinchalik preparatlar tayyorlay olish ko’rsatma asosida biologik 
obyektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o’rganish uchun 
tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib borish, ma’lumotlarni to’plash, natijalarni 
qayd etish, olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash imkoniyatini beradi. 
Shu sababli, biologiyani oʻqitishda oʻqitishning reproduktiv metodlari boʻlgan ogʻzaki bayon, 
koʻrgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foy
-
dalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun oʻqituvchi mazkur metodlarning oʻziga xos 
xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni toʻgʻri anglashi va oʻz oʻrnida samarali 
foydalanish koʻnikmalarini egallagan boʻlishi lozim. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nali
-
shi bo’yicha harakatlar strategiyasi” O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7-fevral-
dagi PF-4947-sonli Farmoni. 
2. R. Ishmuhammedov, M. Yuldashev “Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedogogik 
texnologiyalar”. -Toshkent, 2017.


209

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   368




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish