Август 2020 10-қисм



Download 107,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/150
Sana12.07.2022
Hajmi107,68 Kb.
#779601
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

 


43
Август 2020 10-қисм
Тошкент
Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev 1939- yilda qardosh qirg‘izistonning O‘sh 
viloyatiga qarashli Olabug‘a tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent davlat 
dorilfununini hamda Jahon adabiyoti institutini bitirgan. Shoir „Olatog‘-lolatog‘“ kitobida 
yozganidek, ikki elning farzandidir:
“Kamolning olmasi” deb nomlangan birinchi kitobi 1967- yilda talabalik chog‘idayoq nashr 
etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi „Yosh gvardiya“, Bishkek shahridagi „Mektep“ nashriyotlarida 
„Biz sayohatchilar“ (1969), „Ala-Toluk bolomun“ (1971), „Arslonbob sharsharasi“ (1973), 
„Surnay“ (1975), „Nur daryo“, „Guldasta“ (1979), „Olatog‘-lolatog‘“ (1982), „Oqbura to‘lqinlari“ 
(1985), „Sovg‘a“ (1987) to‘plamlari bosilib chiqdi.
Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda she’rlar yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy 
Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning „Sumalak“ sarlavhali she’ri 
shu jihatdan e’tiborli:
Boychechaklar nish urib,
To turguncha o‘rnidan.
Bahor qishni tarnovga,
Osib qo‘ydi burnidan.
Tursunboy Adashboyev tug‘ilib, voyaga yetgan joy Safed Bulon deb ataladi. Bu qishloq 
Namangan va O‘sh viloyatlarining bir-biriga tutash qismida joylashgan. Ijodkorga uning go‘zal 
tabiati, shirinso‘z, mehr-oqibatli odamlari ilhom beradi, deyilsa yanglish bo‘lmaydi. Shoir 
she’rlari va dostonlarida tabiat manzaralari tasvirini ko‘p uchratamiz. Zero, bolalar adabiyotining 
muhim vazifalaridan biri farzandlarni tabiat go‘zalliklarini his qilish va sevishga, qadrlashga 
o‘rgatishdir.
Tursunboy Adashboyevning ijodi bilan tanishgan kishi bir narsaga amin bo‘ladi: bu asarlar 
bolalar ham, kattalar ham baravar o‘qiydigan ibrat kitobidir.
Tursunboy Adashboyevning eng sara she’rlari jamlangan „Orzularim — qo‘sh qanotim“ deb 
nomlangan kitobini sinchiklab o‘qib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: qalamga olin-
gan mavzular bolalarning o‘ziday beg‘ubor, hajman qisqa va lo‘nda. Kutilmagan qofiyalar esa 
she’rning ravonligini oshirib, kichkintoylarning osongina yod olishini ta’minlaydi.
Ikki elning ardoqli shoiri Tursunboy Adashboyevning xizmatlari munosib baholangan. 
Tursunboy aka „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi“ degan nom va „Do‘stlik“ ordeni 
bilan taqdirlangan. Shuningdek, „Qirg`izistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi“ hamda „Manas“ 
ordenining sovrindoridir.
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan o’qish darslari yuqori sinflarda o’tiladigan adabiyot 
darslarining debochasi sifatida muayyan asarlarni o’rganish bilan bir vaqtda asar muallifi 
haqida ma’lumot berishni ko’zda tutadi. Bu boshlang’ich ta’limning davlat ta’limi standartlarida 
belgilangan talab bo’lsa-da, o’qish kitoblarida muallif hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar 
berilmaydi. Bu vazifani hal etish uchun o’qituvchi o’zi izlanishi o’zi ma’lumotlar to’plashi zarur 
bo’ladi. E’tibor qilinsa, bu juda muhim ahamiyatga ega vazifa bo’lib, shu orqali o’quvchilar 
ijodkorning boshqa asarlari haqida tasaavvurga ega bo’ladilar va shoirning ijodini chuqurroq 
o’rganishga, asarlarini mutoala qilishga intiladilar. 
ADABIYOTLAR 
1. O`zbekisto Respublikasi ning “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi T., 1997-yil. 
2. O`zbekisto Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Umumiy o`rta, o`rta maxsus kasbhunar 
ta`limining davlat ta`lim standartlari. Toshkent 2017yil
3. Umarova M, Hakimova Sh. O‘qish kitobi. 3-sinf.(to‘ldirilgan 10 nashri) T.:«Cho‘lpon», 
2010 y. 224 6.
4. Shojalilov A., Toshmatova G., Matjonov S., Sariеv Sh. O‘qish kitobi. 4–sinf uchun darslik. 
– T.: O‘qituvchi, 2017. –352 6.


44

Download 107,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish