Август 2020 10-қисм Тошкент keltirishimiz mumkin: «Ijodiy (mahsuldor) fikrlash tarixi va muammosi yetarli darajada
aniq ifodaga ega emas. Ismi eslatilishi bilan «mahsuldor fikrlash» atamasi yodga tushuvchi
Vertgeymer ham bu muammoni zarur aniqlik bilan ayta olmadi».
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham tanqidiy fikrlashni shakllantirish lozim. Buning
uchun tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish muhim.
Milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, shuningdek,
ta‘lim-tarbiya jarayonida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Tanqidiy
fikrlashini shakllantirishda O’quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash.
Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda darsdan tashkari faoliyat tizimi o’qitishning nazariy va
amaliy tizimini to’ldiradi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning o’qishdan tashkari vaqti
mobaynida o’zini-o’zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish uchun
oqilona taqsimlashga yordam berishdir.
O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga tanqidiy fikrlashini
shakllantirishda quyidagilarni kiritish mumkin:
- ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o’quvchilarning ijtimoiy harakatchanligini
ko’rsatish;
- bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratish;
- o’quvchilarni mustaqil ravishda ta‘limni davom ettirishga yo’naltirish;
- har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
- o’quvchilarga bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o’rgatish.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko’p komponentli bo’lib, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini
quyidagi , tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin:
- o’quv guruhi tarkibida;
- o’quv yurti jamoasi tarkibida;
- individual (yakkama-yakka) tartibda;
- ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda;
- klublarda, to’garaklarda, muzeylarda;
- mehnat jamoalarida;
- alohida fanlarni chuqur mustaqil o’rganish chog’ida;
-
ta‘lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1. Zaxarina M. S. Temurova S. X. ―о’qituvchilik kasbiga kirish kursiga metodik
kо’rsatmalar. Toshkent 1990 y.
2. Ochilov M ―Muallim qalb me‘mori. о’qituvchi», Toshkent 2003 y
3. Mavlonova.R. D. Abdurahimova. ―Pedagogik mahorat. о’quv qо’llanma. Fan va
texnologiyalar. Toshkent 2009 y.