Avestoda ta’lim tarbiyaga oid fikrlar



Download 39,13 Kb.
bet3/7
Sana25.06.2022
Hajmi39,13 Kb.
#702464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hojiakbar Pedagogika

Abu Nasr Farobiyning Pedagogik qarashlari
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta`siri va bu ta`sir natijasida ular o`zlaridagi ijobiy yoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug`ilganda kamolotli bo`lib tug`imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo`lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o`xshash bo`ladi, keyinchalik esa o`zgaradi, ya`ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me`yorlarni qabul qiladilar.
Farobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim –tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan. Farobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.
Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»
Forobiy o’zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga
bo’ladi. Bunda u, kishilarning diniy mas’habiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki
e’tibor berishlik zarur deydi. U o’zning «Baxt saodatga erishuv yo’llar haqida
risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb
yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritadi». Forobiy
davlatni etuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo’lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko’ra bilishi, boshqalarga g’amxo’r bo’lishi lozim deydi. Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va
uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv
to’g’risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari
to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Forobiy o’z ishlarida ta’lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida
ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o’z o’rni
va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.

Download 39,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish