Avesto”da pedagogik g‘oyalar qanday ifodalangan «Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto»



Download 25,48 Kb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi25,48 Kb.
#813993
1   2   3
Bog'liq
Avesto

«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida
uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
Axloq rne'yorlariga rioya qilish yo'l-yo'riqlari (ta'Iirnot)'. .. 1) Pindori Nek (Ezgu fIkr): Tangrining yagonaligiga ishonrnok, iyrnon~ sobitlik, tavakkul, qanoat, xayrixohlik, sulhjo'ylik, kechirirnli bo'la bilish, ishonch, shijoatli, rahrnli va rnuruvvatli bo'lmoq, pok-tiynatlik, insof, xushhulqlik, beozorlik, ochiqyuzlik, ehsonlilik, nafsni chegaralash, kasb va ilrnni sevrnoq, rnas'uliyatlilik va xaqiqatparast bo'lrnoq. 2) Guftori Nek (Ezgu so'z): Tangriga harndu sanD a}1rnoq, to'g'riso'zlik, ahdida sobitlik, haqgo'ylik, salom va ta'zirnda bo'lmoq, to'g'ri va rost guvohlik bennoq, shirinkalomlik, o'ylab, sinab gapinnoq, rost qavllik.


3) Raftori Nek (Ezgu ish, faoliyat): Tangri va' payg'ambar bergan farz va sunnatlarga so'zsiz itoat etmoq hamda ularni bajarmoq, yaxshi ishlash, omonatga xiyonat qilmaslik, ojizlarni qo'llash, serg'ayrat bo'lmoq, ota-ona va ustod hukmiga farmonbardor bo'lmoq, xalq uchun, Vatan uchun xizmat qilmoq, mehmondo'stlik, parxezkorlik, yomon ishlardan yuz o'girmoq, mehribonlik, insonparvarlik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq, o'tganlarni esda tutish, xaqiqattalab bo'lmoq, bemorlar holidan xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o'z ishi va kasbiga mehr qo'yish, adolatli bo'lmoqdir. 11. Muhit tozaligini saqlash va kasalliklarning oldini oIishga doir • 1) Axlatlami berkitish, ifloslangan joylami tuproq, tosh, qum bilan ko'mib tashlash, shu yo'l bilan mikroblar o'ldirilgan yoki kamaygan. 2) Otash, issiqlik va sovuqlik ta'siri bilan yo'qotish, «Avesto"da otash poklovchi va ofatni ketkizuvchi vosita hisoblanadi. U bilan hatto kiyim-kechaklarni zararsizlantirish mumkin. 3) Kimyoviy yo'l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand - isiriq, mixak, sadaf, piyoz, aloe, sandal) tutatish yo'li bilan. Bularning ko'pi hozir ham mikroblami o'ldiruvchidir. 4) Uy hayvonlarini boqish va ko'paytirish sharoitlarini yaxshilash, parranda va boshqa hayvonlarga behuda olOr bermaslik, ularning bemahal o'limiga sabab bo'lmaslik uqtirilgan. Shu bilan birga kasal tarqatadigan hayvon va hashorotlarni yo'qotishga da'vat etilgan. 5) «Avesto»da issikliq, sovuq havo, ochlik, bo'kib ovqat eyish, ruhiy iztirob, buzilgan taom eyish, tozalikka rioya qilmaslik ko'p kasalliklaming asosiy manbai deb topilgan. 6) Yuz-qo'lni, sochni bir kunda bir necha marotaba yuvib yurishga da'vat qilirtt bilan dastro'mollar, tish tozalagich (misvok)ni qanday asrash yo'llari ko'rsatilgan. 9 .. 7) Soch va tirnoqlarni o'z vaqtida tozaJab olib turish, ularni odamlar nazari va qadami tushmaydigan, parranda, it va mushuk kovlab olmaydigan darajadagi chuqurlikka ko'mib tashlashni qat'iy taJab qilingan. Ill. (CAvesto.da oila va ayol erki talqini I) Nikohdan so'ng tomonlaming birida asabiy noqislik, telbalik alomati lOhir OO'lsa, ikkinchi tomon bu nikohdan voz kechish huquqiga ega. 2) Er erkaklik qobiliyatiga ega OO'lmagan taqdirda ayol ajralish imkoniyatidan foydaJana oladi. 3) Uch yil davomida ham er oilaning moddiy jihatini ta'minlashga ojizlik qilib, hatto ayolini boqa olmasa, xotin bunday erni tashlab keta oladi, ya'ni taloq qiladi. 4) Agar tomonlar bir-birlarining OOshqa er va xotin bilan zino qil-ganlarini sezsa, bunday nikoh «harom» bo'ladi hamda tomonlar bir-birlarini taloq qiladilar-. 5) Agar xotinning hayoti er zulmidan xavf ostida qolsa, u 0' z juft i ni taloq qila oladi. 6) Xotin o'z eridan qoniqmay, nojo'ya, g'ayrishar'iy xattiharakatlar qilsa, erkak bunday ayoldan voz kecha oladi. Erkak kishi uylanish paytida oldingi xotinini bekitsa-yu, to'ydan keyin 'bu sir fosh bo'lsa, bunday nikoh botif hisoblanadi. 7) 4::rkak yoki xotin Zardusht dinidan yuz o'girsa, ya'ni boshQa dinni qabul etsa, taloq vojibdir. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalgani uchun boshqa sabablarga ko'ra. jumladan ig'vo, tuhmat. er-xotinning o'zaro kelishmovchiligiga, ota-ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohning bekor qilinishiga yo'l qo'yilmagan. Xotin-qizlar orasida uchrab turadigan bo'hton, chaqimchilik. xusumat gunohi azim sifatida qattiq qoralangan, gap tashuvchi, ig'vogarlar darra urish bilan jalOlanganl .
Avesto” kitobida ta’lim-tarbiya mazmuni metodlari qanday ifodalangan

O’quvchilarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalashda tarixiy manbalar, «Avesto» va Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi allomalari ijodidagi pedagogik fikrlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham pedagogika tarixi kursini «Avesto»dagi o’quvchilar ma’naviy sifatlarini tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’lumotlar bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. «Muhtaram Yurtboshimiz I.A.Karimov davlatchiligimizning barcha bosqichlarini chuqur, ilmiy asosda o’rganish masalasini muttasil ravishda ilgari surib kelmoqda. Chunonchi, Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishuv asnosida tarixchi va arxeolog olimlar diqqatini qadim Qubo davlati tarixini chuqur o’rganishga jalb etish barobarida qadim Xorazm davlati haqida ham to’xtalib o’tdi: Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo’ldi. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi xujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi». 2001 yil oktyabr oyida muqaddas kitob Avesto yaratilganligining 2700 yilligi butun dunyoda nishonlandi. Bu tadbir ham ajdodlarimizga bo’lgan hurmat va e’tiborning bir belgisidir. So’nggi yillarda H.Homidov, S.Hasanov, J.Yo’ldoshev, S.Nishonova, O.Musurmonova, N.Maxmudova «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarning ayrim qirralari haqida fikr yuritdilar, tadqiqot ishlari olib bordilar. N.Mahmudova «Avesto»da ta’limiy-ahloqiy qarashlar, ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalarini tadqiq etgan. Ko’rinib turibdiki, «Avesto»ning barcha qismlari uchun xos bo’lgan 15 ma’naviy sifatlarni va ma’rifiy g’oyalarni tadqiq etish hamda yoshlarda ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda ulardan foydalanish masalasi bugungi kunga qadar yetarlicha o’rganilmagan. «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan, biroq ularning ko’pchiligi yo’qolib ketgan. Uning eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, u Kopengagenda saqlanadi. «Avesto» qadimgi Erok tillari guruhidagi tillarning qadimgi yodgorliklari bo’lib, unda insonlarning orzu-istaklari, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi munosabatlar ifoda etilgan. «Avesto» qadimiy ajdodlarimizning ijtimoiy–falsafiy va ma’rifiy fikrlar yodgorligi sifatida o’tmish tariximiz, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizni o’rganishda, bugungi kunda o’quvchilar ma’naviy sifatlarini tarbiyalashda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan qismlari «Yasna», «Yasht», «Visprad», «Vendidod» deb nomlanadi. «Avesto»da jami 22 mashhur «Yasht» bo’lib, ular hajmi, yozilish davri, adabiy va tarixiy–madaniy, pedagogik qimmati, ahamiyatiga ko’ra turlicha qo’shiqlardir. «Avesto» - insoniyatning moddiy, ma’naviy, pedagogik boyligi sifatida juda katta ta’lim-tarbiyaviy qimmatga ega. Zardushtiylik evolyusiyasi uch bosqichga bo’linadi: Birinchi bosqich - «Avesto»ning eng qadimgi qismi «Yasht»larda jamoa tuzumi qabilalari e’tiqodi aks etgan. Ularning kelib chiqishi, aftidan, e.a. 3 ming yilikka to’g’ri keladi. Ular mazmunida tabiat kuchlarini ilohiylashtirishdan iborat ko’p xudolilik kuzatiladi. Ikkinchi bosqich – «Gota»lar, ularda yagona iloh Axuramazda haqidagi ta’limot yoritiladi. Uning haqidagi ta’limot Zardushtga tegishli deb, qaraladi. Uchinchi bosqich - ko’p xudolilik («Yasht»lar) va yakka xudolilik («Got»lar) o’rtasidagi kurash natijasida, e.a. V asrda Mazda yasna deb nom olgan, yuksak e’tiqod yuzaga keladi. U «Avesto» diniy ta’limotida uchinchi va asosiy bosqich sanaladi. «Avesto»da hikoya qilinishicha, ko’plab yaxshi odamlar bo’lgan, bir xil huquqqa ega bo’lishgan, baxtli, yaxshi xulqi bilan hamma bir–biriga namuna bo’lgan, bir so’z bilan aytganda, «oltin asr»da yashagan. 16 Shunday qilib, «Avesto» ming yillar davomida yaratilgan va O’rta Osiyo, Yaqin Sharq va O’rta Sharq xalqlari madaniy hayotining ko’plab tomonlarini o’zida aks ettirgan yozma yodgorlikdir. «Avesto»ning saqlanib qolgan qismi Ashokidlar (e.a. III asr) davrida to’plangan. Unda ijtimoiy–iqtisodiy hayot, davlatchilikning yuzaga kelishi, siyosiy–huquqiy fikrlar, falsafiy – ma’naviy qarashlar va e.a. I - asr o’rtalari va II-asr yarmi O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq xalqlari dunyoqarashining yuzaga kelishi aks etgan. «Davlatchilik tarixi mavzusi haqida so’z ketganda I.Karimovning o’zbek davlatchiligi tarixining obro’-e’tiborini o’z o’rniga qo’yishda, uni yuzaga chiqarish bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, 1997 yili Xiva shahrining 2500 yilligini nishonlash kunida Islom Karimov o’zbek davlatchiligi 2700 yillik tarixga ega ekanligini butun dunyoga rasman e’lon qilgan birinchi olim va milliy rahbar bo’ldi. Bu bilan davlatchiligimizning tarixiy ibtidosi masalasiga uzil-kesil ravshanlik kiritildi» . «Avesto»da barqaror markazlashgan boshqaruvchi yirik siyosiy birlashmalar tuzish, kuchli hokimiyat, ma’rifat va Axura Mazda qonunlari bo’yicha boshqariladigan jamiyat va xalq manfaati ustida qayg’uradigan hukmdor nomi ilgari surilgan. «Avesto» bugungi kunda ham yoshlar uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi. «Avesto»da jinoyatlar turi olti guruhga tasniflangan: birinchi guruh – dinga qarshi, ikkinchi guruh – shaxsga qarshi, uchinchi guruh – jonivorlarga qarshi, to’rtinchi guruh – mulkka oid, beshinchi guruh – tabiatga qarshi va eng muhimi, oltinchi guruh – ma’naviyatga qarshi jinoyatlar farqlangan. Buni bilish o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. «Avesto»da har qanday axloqsizlik va g’ayritabiiy xatti–harakatlarga yo’l qo’yib bo’lmasligi ta’kidlanadi. Gomoseksualizm, fohishabozlik, turmush o’rtog’iga xiyonat qattiq qoralangan. Besoqolbozlik eng og’ir va eng jirkanch jinoyatlardan biri sanalib, qatl jazosi ko’zda tutilgan yagona ma’naviy jinoyatdir. «Avesto»da fohisha bilan yashash ma’naviy jinoyat ekani alohida uqtiriladi. Bu kabi jinoyatlar sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtiradigan, balki bola tug’ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasl 17 pokligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan turmush o’rtog’iga xiyonat ham kiritiladi. Begona ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko’rish qat’iy taqib ostiga olinganki, ushbu qarashlar bugunki kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 zarba berib jazolangan. H.Homidov talqini bilan aytganda, «eru xotinning bir-biriga xiyonati qattiq la’natlangan. Begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun «harom» deb hisoblangan».


Download 25,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish