“Avesto” eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik
"Avseto"da O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O`rta Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming yillikning keyingi asrlarigacha bo`lgan) davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik - dehqonchiligi, savdo - sotig`i, qo`shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan. Bir qarashda "Avesto" sof diniy mazmundagi kitobdek tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og`zaki ijodiyoti, geografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan.
Bu kitobning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho bergan yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: ""Avesto" ayni zamonda bu qadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi"
Olimlarning mulohazalariga ko`ra "Avesto"ning asoschisi Zardo`sht bo`lib, eramizdan oldingi VI asrda Xorazmda yashagan. U chorvachilik bilan shug`ullangan Spitama urug`idan bo`lib, onasi Dugdava, otasi esa Paurushaspadir.
Zardusht ko`pxudolikka qarshi chiqib, 20 yoshida nor tuyasiga minib (Zardusht - sariq tun egasi demakdir), qishloq va shaharlarda yakkaxudolik g`oyasini olg`a surdi.
Xorazm hukmdorlari ta’qiblari natijasida Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o`tadi va o`z ta’limotini uzil - kesil shakllantiradi. Eron shohi Vishtaspga o`z diniy ta’limotini asoslab beradi va uning e’tiborini qozonadi. Eronu Turonda otashparastlik dini to`la joriy etiladi. Zardusht 77 yoshida Balx shahrida ko`pxudolik tarafdorlari tomonida o`ldiriladi.
Xulosa qilib aytganda, “Avеsto” asarida insonning barkamol bo`lib еtishishida uning so`zi, fikri hamda ishi ezgu bo`lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor bеriladi. Ushbu axloqiy uchlik g`oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo`lgan. Zеro, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo`lgan muayyan talablar o`z ifodasini topib, hayot kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G`arb xalqlarining ham muhim ma'naviy mеrosi bo`lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g`oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo`lishiga olib kеlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |