«Отступ в ячейках» - Kataklardagi cheklashlar bo’limi ikkita bandga ega. Bular «По горизонтали:» - Gorizontaliga: va «По вертикали:» - Vertikaliga: bandlaridir. Ulardagi kiritish oynachalaridagi raqamlar klaviaturadan tahrirlanib qiymat beriladi. Ushbu qiymatlar katakda matnning gorizontal va vertical chegaralarga nisbatan cheklanishini bildiradi.
«Многострочный…» - Ko’pqatorli… matn yozish tugmasi.
Bu buyruq tugmasi matn kiritishni nazarda tutadi va «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «А» - belgili piktogrammaga ega bo’lgan buyruqning aynan o’zi. Yuqorida «Текст» - Matn taxrirlash paneli funksiyalari bilan tanishib chiqganligimiz boiz ushbu buyruqda to’xtalib o’tirmaymiz.
Shuni eslatib o’tish joizki, agarda dastlab «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari buyrug’i orqali kerakli matn parametrlari o’rnatilgan bo’lsa (shrift turi, o’lchami, ko’rinishi va h…), har safar «Многострочный…» - ko’p qatorli… matn kiritish buyrug’i bajarilganda matn parametrlarini o’rnatishga hojat qolmaydi. Aks holda AutoCAD dasturi avtomatik tarzda o’z matn uslubini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |