«Установить» - O’rnatish tugmasi. «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidan kerakli uslub tanlangandan so’ng ushbu uslubni faollashtiradi.
Izoh: Yangi uslublar o’rnatilgandan so’ng barcha uslublar ro’yxati «Стили:» - Uslublar bo’lim oynasida namoyon bo’ladi. «Образец:…» - Namuna bo’lim oynasida esa tanlangan uslub namunasi ko’rsatiladi.
«Создать» - Yaratish tugmasi. Yangi uslub yaratish nazarda tutiladi.
«Изменить» - O’zgartirish tugmasi. Biron bir uslub «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidagi ro’yxatdan tanlanib, unga o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
«Удалить» - Yo’qotish tugmasi. Biron bir uslub «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidagi ro’yxatdan tanlangandan so’ng uni yo’qotishni nazarda tutadi.
Izoh: AutoCAD dasturi taklif etadigan Standart uslubida ushbu interfaol tugma faol emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |