«Выравнивание» - Tekislash.
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi. Matnli ob’ekt tanlanadi va “Enter” tugmasi bosiladi. Axborot menu oynasi ekranga chiqariladi va undan kerakli band tanlanadi. Natijada matn chap yoki o’ng, yuqori yoki pastki chegarga tekislab olinadi.
Izoh: Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.
«Преобразовать в единицы другого пространства» - Boshqa muxit o’lchov birligiga o’tkazish.
Ushbu buyruq tugmasi «Модель» - Model oynasida faol emas. Boshqa ko’rinish oynalarida, aytaylik «Лист» - Varaq oynasida faollashadi. Bunda kerakli parametr klaviatura orqali kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |