AUTO CAD DASTURIDA TUTASHMA BAJARISH IMKONIYATLARI Ma`lumki, butun dunyoda texnika kompyuterlashtirilgan tizimga o`tib va yanada rivojlanib borgan bir davrda ta`lim jarayoni ham butkul o`zgarib axborot texnologiyadan keng foydalanib, ta`lim sifatini oshirishga keng ko`lamli ishlar qilinib kelinmoqda. Kompyuter grafik dasturlaridan ta`lim jarayonlarida keng foydalanib kelib, elektron darslik, annimasion video lavhalar yaratilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Kompyuter grafik dasturlari Adobe Photoshop, ColerDRAW, 3D max, Archi CAD, Mypayt, Auto CAD. Adobe Photoshop dasturi rasmlarni mantaj qilinadigan dasturi bo`lib, rasmlarda turli xel rang berish xususiyatlari mavjud. ColerDRAW dasturi katta hajmli rasm va yozuvlarni mantaj ishlarni bajaradigan dastur hisoblanadi. 3D max daturi turli animasiyalarni bajaradigan dastur hisoblanib multi video dasturni bajaradi. Archi CAD dasturi bino inshootlarni qurish uchun mo`ljallangan dasturdir. Bu dastur arxitektura sohalarga qo`l kelmoqda. Mypayt dasturi aftoportret chizish uchun mo`ljallangan. Auto CAD dasturi chizmalarni chizishda mo`ljallangan programma hisoblanib muhandislar bu dasturdan keng foydalanmoqda.
Auto CAD grafik dasturida ishlashda avvalambor chizmachilik chizmalarini qo`lda bajarib uning davlat standartlarini bilish zarur. Dasturda ishlashda esa kompyuter savodxonligi haqida ma`lumotga ega bo`lgandagina dasturda qiynalmasdan ishlash mumkin. Tutashmalarni bajarish uchun uning mohiyatini tushunish lozim. Aylana yoki to`g`ri chiziqni ikkinchi chiziqqa silliq o`tishga tutashma deyiladi. Tutashma ichki va tashqiga bo`linadi. Tutashma chizmada ichki va tashqi bo`lsa aralash tutashma hosil bo`ladi. Ichki tutashmalarda ikki aylananing radiuslari ayiriladi. Tashqi tutashmada esa ikki aylananing radiuslari qo`shilib aylanalarning markazlaridan chiziq o`tkaziladi. Bu o`z navbatida aylananing tutashish nuqtasi topiladi (1-shakl).
1-shakl
Sirkul yordamida bajariladigan tutashmani tushungan holda Auto CAD grafik dasturida sirkul yordamida bajarilgan ishni osongina buyruqlar yordamida bajarish mumkin. Bunda Auto CAD dasturining (классический AutoCAD) 2D karkasiga o`tiladi. Ish stoldan to`g`ri chiziq buyrug`ini tanlab aylananing markazi chiziladi. Chizish panelidan aylana tanlab ikki chiziq kesishgan nuqtasiga aylana markazi qo`yilib radius 50 son qiymati yoziladi. Xuddi shunday holatda ikkinchi aylanani chiziq bo`ylab parametri 122x54 son qiymat ostida joylashtiriladi. Dasturda ba`zi buyruqlardan foydalanib avtomatik tarzda tashqi va ichki tutashma bajarish mumkin. Ish stolidagiизменить panelidan сопражения buyrug`i tanlab, sichqinchaning menyu tugmasi bosiladi. Munyudan aylananing radiusi tanlanib radius 50 son qiymati kiritilib tasdiqlanadi. Kursor yordamida ikki aylanani belgilab tasdiqlansa bizda tashqi aylana bajaradi. Ichki tutashmani bu сопражения tugmasi bajarmaydi. Dasturda ichki aylanani bajarishda chizish panelidan aylana buyrug`i yordamida ikki radiusni ayirib aylana chizish mimkin xuddi sirkulda bajariladigandek (1-shakl). Auto CAD grafik dasturida avtomatik tarzda bajarishda ish stolidagi kursor yordamida menyu panelidan (обьектная привязка) oynasini chiqarib qo`yiladi (1-shakl). Dasturdagi chizish pannelidan aylana buyrug`ini tanlab sichqoncha tugmasidagi menyu oynasiga kirib (KKР кас кас радиус) tugmasini bosib (обьектная привязка) oynasidan (касательная) tugmasi bosib chizilgan ikki aylanani belgilab ichki tutashmaning ixtiyoriy tutashish nuqtasi tanlab radius 150 mm son qiymati kiritib tasdiqlansa ichki tutashma hosil bo`ladi (1-shakl). Tutashmaning aylanasi ichida diametri 10 mmli bo`lgan 10 ta teshikni массив buyrug`i yordamida amalga oshiriladi. Aylananing bir burchakdan bitta aylana chiziladi массив oynasidan круговой массив tanlab aylananing markazi tanlab obyektni belgilab 10 ta aylana raqami yozib tasdiqlansa aylana bo`ylab 10 ta kichik aylana joylashadi (1-shakl). Maxsus buyruq обрезать tugmasidan foydalanib kerakmas chiziqlarni o`chiriladi.
Kompyuter grafikasi dasturida chizmalarni bajarish uchun kerakli ma`lumotlariga ega bo`lish lozim. Auto CAD grafik dasturda tutashmani bajarish juda tez amalga oshib va mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi. Kompyuter grafik dasturlar yil sayin yangidan yangi versiyasi chiqib, dasturda boshqa chizish bo`yicha buyruqlar joylashtirilgan. Auto CAD grafik dasturdan turli xel chizmalarni chizib va uni 3D modellalshtirish imkoniyatlari ham mavjud.
ADABIYOTLAR.
Rixsiboyev T. Kompyuter grafikasi. – T.: O`zbekiston, 2006. –B. 69
Hayitov B. Muhandislik kompyuter grafikasidan ma`ruzalar matni. – T.: Durdona, 2014. -108b.
Badiyev M., Mamatov D., Safarov G`. Kompyuter grafikasi. – T,: Durdona, 2014. 68 b.
Yodgorov J., Sobirov T., Yodgorov N «Geometrik va proyeksion chizmachilik», Т., «O`qituvchi».2008 – 200 b