xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to`liq taqdim еtmadi, bu еsa boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini biz auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblaydigan hajmda o`tkazish imkonini bermaydi.
Yuqorida bayon еtilgan auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash faktiga asosan auditorlik tashkiloti
ning moliyaviy hisoboti to`g`risida fikr ifodalashdan bosh tortadi.
Auditorlik tashkiloti rahbari ______________
(imzo)
Auditor _______________
(imzo)
200 __ yil "___" ____________
M.O`.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor yetarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
Auditorlik xulosasini taqdim еtish
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim еtiladi.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo`lishi, auditorning ishonchi komil еmasligi va (yoki) rozi еmasligi yuzaga keltirgan cheklashlarga doir ko`rsatmalarni o`z ichiga olishi kerak.
Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin.
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan е’lon qilinishi mumkin.