Auditorlik xulosasi va uning tarkibi.
Reja:
Kirish.
Auditorlik xulosasining elementlari va turlari.
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik.
Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Auditorlik xulosasining elemantlari va turlari.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha:
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi.
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Auditorlik hisoboti - xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig`ilishiga taqdim еtiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to`g`risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o`tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo`lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi quyidagi еlementlarni o`z ichiga oladi: