Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy hisobot, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasi va moliyaviy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi, hamda moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri aniq bayon etilishi kerak. Auditorlik tashkiloti fikrini o‘z ichiga oluvchi auditorlik xulosasining yakuniy qismi modifikatsiyalangan fikrning shaklidan kelib chiqib “Salbiy fikr bildirish”, “Izohlar bilan fikr bildirish”, “Fikr bildirishni rad etish” deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |