Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi: Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi: 1. Ajralmas risk; 3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski. Ajralmas risk Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi. Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi. Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o'z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak. Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |