Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining
mansabdor shaxslari,
shuningdek qonun xujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi
taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la
olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ko’rinishidan
tashqari, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda
tuzilishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir
4
:
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun
xo’jalik yurituvchi subyektning ta’sis xujjatlari xamda
buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobot xujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil
belgilash;
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi subyekt
amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xujjatlarni to’liq
hajmda olish, shuningdek ushbu xujjatlarda hisobga olingan xar qanday mol-
mulkning amalda mavjudligini xamda xar qanday
majburiyatlarning amaldagi
xolatini tekshirish;
•
auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar
bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va
yozma tushuntirishlar olish xamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan
qo’shimcha ma’lumotlarni olish;
•
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik
yurituvchi subyektdan olish;
•
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha
axborot xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda
auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
•
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok
etishga auditorlar va
boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
4
O’zbektiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni, 25.02.2021 y.
•
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo’jalik yurituvchi
subyektga professional xizmatlar ko’rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo’lga
qo’yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
•
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo’lib kirish.
Auditorlik tashkiloti qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega
bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik
yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa
foydalanuvchilar oldida
moliyaviy hisobot xamda xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy
axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish
oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada
o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga
etkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan
foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot
to’g’riligi va qonun xujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy hisobotini xamda u bilan bog’liq
moliyaviy axborotni
auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Auditorlik tekshiruvi 2 xil shaklda o’tkaziladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi
subyekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi subyekt
mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan
kelishib olinadi.