Auditorlik korxonalari va ularning professional xizmatlari Yevropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti salmoqli o’rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha xalqaro komitet – BHSXK (International Accounting Standarts Committie – IASC) va Yevropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts Somptables Europeen - FEE). FEE 1987 yil 1 yanvarda tashkil topgan va shtab- kvartirasi Bryusselda joylashgan. Milliy an’analar, shuningdek auditorlar jamoat tashkilotlari ham auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlanishida juda katta rol o’ynaydi. Masalan, Amerikadagi qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (American Institute of Certified Public Accountants – AICPA) AQShda auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Unga quyidagi majburiyatlar yuklangan: qasamyod qilgan buxgalterlar uchun professional talablarni belgilash; buxgalteriya hisobi va audit bilan bog’liq mavzularda tadqiqotlar o’tkazish va asarlar chop qilish; ma’muriyat uchun maslahat xizmatlari; soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari va boshqalar. Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko’plab boshqa muassasalar, assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko’rsatgan. Ulardan har biri ma’lum vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo’lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham xilma-xil yondoshuvlar mavjud. Shubhasiz, eng muhimlaridan biri qimmatli qog’ozlar va birja operatsiyalari bo’yicha komissiya - QQBOK (Securities and Exchange Comission – SEC) bo’lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul hisoblanadi. Bulardan tashqari, AQShda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO) ham mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shohobchasining idoradan tashqari xizmati bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda bu borada Hisob Palatasi tashkil etilgan. GAO faqat AQSh Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi rahbarlik qiladi, u Kongress oldida hisobot beradi. GAO auditor xodimlarining asosiy majburiyati – aynan Kongress uchun auditor-larni tasdiqlash funktsiyasini bajarishdir. AQShning har xil hukumat muassasalari Kongress uchun moliyaviy axborotlarning ayrim turlarini (shu jumladan, byudjet mablag’larining sarflanishi, davlat buyurtmalarining bajarilishi haqida ham) vaqti-vaqti bilan taqdim qilib turadi. Ular tomonidan tayyorlangan axborotlarning katta qismi Kongressga taqdim qilinishidan oldin GAO mutaxassislari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Hukumat muassasalarining xarajat va daromadlari qonun hujjatlari bilan belgilanganligi sababli, ushbu auditorlik tekshiruvlar mazmuni – buxgalteriya hisoboti bilan yakunlangan an’anaviy audit emas, balki muvofiqlik auditidir. GAO auditorlarining boshqa maj-buriyatlari ham, asosan, mustaqil auditorlik firmalari mutaxassislariniki kabi bajariladi. AQShdagi auditorlarni birlashtirib turgan, yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlardan tashqari, quyidagilarni ham keltirish mumkin: 1. Buxgalterlarning Amerika Assotsiatsiyasi – BAA (American Accounting Association – AAA). Bu tashkilot asosan buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy tahlil o’qituvchilarini birlashtiradi. 2. AQSh buxgalterlarining milliy assotsiatsiyasi – ABMA (National Association of Accountants – NAA). Bu moddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida, notijorat tashkilotlarda, banklarda, sug’urta kompaniyalarida va boshqalarda ishlaydigan buxgalterlarning idoradan tashqari assotsiatsiyasidir. 3. Moliya xodimlari instituti – MXI (Financial Executives Institute – FEI). U asosan moliyaviy direktorlar va bosh buxgalterlarni birlashtiradi. 4. Davlat muassasalari buxgalterlarining assotsiatsiyasi – DMBA (Association of Government Accountants – AGA). Ushbu assotsiatsiyada davlat (federal, ayrim hollarda munitsipial) muassasalari, xizmatlar va agentliklarning buxgalterlari birlashadilar. 5. Kompyuterlashtirilgan audit bo’yicha mutaxassislar asso-tsiatsiyasi – KAMA(EDP Auditors Association) va boshqalar. Angliyada qasamyod qilgan buxgalterlarni birlashtiruvchi, quyidagi asosiy tashkilotlar mavjud: 1. Angliya va Uels qasamyod qilgan buxgalterlarining instituti – AUQBI(The Institute Chartered Accountants in England and Wales – ICAEW, yoki ACA, yoki FCA); 2. Diplomli buxgalterlarning jamoat assotsiatsiyasi – DBJA (The Chartered Association of Certified Accountants – CACA yoki ACCA, FCCA); 3. Buxgalter-tahlilchilarning jamoat instituti – DBJA (The Chartered Institute of Management Accountants – CIMA, yoki ACMA, FCMA); 4. Milliy moliya va buxgalteriya hisobi jamoat instituti – MMBHJI (The Chartered Institute of Public Finance and Accountancy- CIPFA, yoki IPFA); 5. Shotlandiya qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (The Institute of Chartered Accountants of Scotland–ICAS, yoki CA);
6. Irlandiya qasamyod qilgan buxgalterlari institut (The Institute of
Chartered Accountants of Ireland –ICAI, yoki FCA). Auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy kompaniyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik kompaniyalari ichida eng yiriklari quyidagilar:
Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro’ qozongan monopolistlar bo’lib, sanab o’tilgan to’rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi. Yuqorida qayd qilingan kompaniyalarning har biri turli mamlakatlarda ko’plab ofislarga ega bo’lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining a’zosi hisoblanadi. «Katta to’rtlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat ko’rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo’lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko’rsatadi. Agar o’z xodimlari etishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan, bunday loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo’lgan tadbirkorlar yoki u yoki bu mamlakatning hokimiyat xodimlari ham jalb qilinadi. Ammo ular ham G’arb mamlakatlarida butun auditorlik bozorini qamrab ololmaydi. Bunday yirik, jahon auditorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydigan va transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma mamlakatlarda o’rta firmalar hamda auditdan ajralib chiqqan autsayderlar mavjud. Bunday uncha katta bo’lmagan auditorlik firmalari davlat tomonidan qo’llab- quvvatlansa, ular yaxshi faoliyat ko’rsatadilar. PricewaterhouseCoopers auditorlik kompaniyasi ikkita kompaniya - Price Waterhouse and Coopers & Lybrand birlashuvidan kelib chiqqan. 1849 yilda Samuel Prays Londonda o’z biznesini ochgan. 1854 yilda Uilyam Kuper Londonda kompaniyasi ishini yo’lga qo’ygan. Yillar davomida ular tomonidan tashkil qilingan firmalar o’z faoliyatini kengaytirib bordi. Va 1998 yilda Ushbu ikkala kompaniya birlashib, «PricewaterhouseCoopers» auditorlik kompaniyasi tashkil topdi. «Prays Uoterxaus Kupers» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar: - umumiy audit; - bank auditi; - investitsiya muassasalari auditi; - konsalting va boshqalar. 1845 yilda 25 yoshli Uilyam Deloyt Londonda o’zining buxgalteriya firmasini ochgan. Georg Tush 1883 yilda Edinburg universitetini tugatib, buxgalter darajasiga erishgan. 1900 yilda u Jon Niven bilan birgalikda Nyu-Yorkda «Touch, Niven & Co» buxgalteriya firmasini ochgan. Nobuzo Tomatsu 1952 yilda 57 yoshida Londonda sertifikatlangan jamoatchi buxgalter maqomiga ega bo’lgan va xususiy korporatsiya ochgan. keyinchalik uchchala buxgalteriya kompaniyalari birlashib, «Deloitte and Touche Tohmatsu International» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga asos bo’lgan. «Deloyt va Tush» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar: - umumiy audit; Bank auditi;
Konsalting va boshqalar.
A.S.Ernst va Artur Yang turli xil odamlardir. Yang 1863 yilda Shotlandiyada
Tug’ilgan va Glazgo Universitetini tugatgan. U 1906 yilda AQShning Chigako
Shahriga ko’chib borib, «Arthur Young & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
A.S.Ernst 1881 yilda AQShning Klevelend shahrida tug’ilgan. 1903 yildan
Boshlab akasi Teodor bilan hamkorlikda buxgalteriya ishlari bilan shug’ullana
Boshlagan. Ernst akasi Teodor bilan birgalikda buxgalteriya firmasini ochib ish
Yuritgan. A.S.Ernst va Artur Yang hayotda bir-biri bilan uchrashmagan. Ikkalasi
Ham 1948 yilda vafot etgan. Ammo A.S.Ernst va Artur Yang ochgan buxgalteriya
Firmalari keyinchalik gurkirab rivojlangan va 1989 yilda ular birlashib, «Ernst &
Young» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
«Ernst va Yang» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari
Quyidagilar:
Umumiy audit;
Mulklar baholash va auditini o’tkazish;
Sug’urta kompaniyalari auditi;
Konsalting va boshqalar.
KPMG – auditorlik kompaniyasi asoschilari familiyasining bosh harflari
«G» - Gerdeler. Raynxard Gerdeler ko’p yillar davomida KMGni vakili bo’lib
Ishlagan. U KPMGni birlashishiga asos solgan. 1987 yilda PMI va KMG bitta
Kompaniyaga – KPMGga birlashgan. «KPMJ» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar:
Umumiy audit;
Bank auditi;
Birjalar va investitsiya muassasalari auditi;
Sug’urta kompaniyalari auditi;
Konsalting va boshqalar.
Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi
Omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun
Auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim.
Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz
Yildan ko’proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi
Kapitalizmning rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo’lishi va aktsionerlik
Jamiyatlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni
Boshqaruvchilari va egalarining manfaatlarini ajralishi ro’y berdi. Shuning bilan
Hisob yuritilishining to’g’riligini tekshiruvchi va bu xaqida kompaniya egalariga
Hisobot beruvchi mustaqil hakamga bo’lgan zarurat tug’ildi. Shu tarzda
Auditorlarning asosiy vazifasi korxonadagi moliyaviy hisob yuritilishining
To’g’riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaat-larini himoya qilish bo’lib qoldi.
Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish to’g’risidagi bevosita
Hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy aktivni, aniqroq qilib
Aytganda, o’z mavqeini qo’shadi. Hozirgi kunda yuzlab auditorlik kompaniyalari
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish metodikasiga ega, lekin umumtan olingan
Etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» nomi bilan
Tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG va Ernst
& Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya boshqa
Auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi? Bizningcha, buning ikki sababi
Bor: birinchidan, bu ko’p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ik-kinchidan, bu
Kompaniyalarning xodimlari soni.
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining biznes mavqei o’n yillar davomida
Shakllangan bo’lib, ba’zilarining tarixi bir yarim asrga borib taqaladi. Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi o’zining asosiy mahsulotlaridan biri obro’-
E’tibori ekanligini chuqur anglagan holda, «Oskar» mukofotiga nomzodlar hisobini
Yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining
Yangi bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham
«Katta to’rtlik» kompaniyalaridan yomonroq xulosa berishadi deb bo’lmaydi, lekin
Ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi.
Shunday to’xtamga kelish mumkinki, «Katta to’rtlik» kompaniyalarining har
Biri bo’yicha hisoblangan gudvill summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi
Muqarrar.
Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan
Korxonalar quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi:
Xalqaro fond bozorlariga chiqish;
Bevosita investitsiyalarni jalb qilish;
Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish;
Davlat tenderlarida ishtirok etish;
Yangi bozorlarga chiqish va h.k.
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga
Imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi
To’g’risida fikr yuritish mumkin. Yirik transmilliy kompaniyalar «Katta to’rtlik»
Kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini
Oshiradi, bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik
Kompaniyalari o’z mavqeini o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi.
Auditorlik kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining
Bir qismini o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli
Tekshiruv sharti bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va
«amortizatsiyalanmaydi».
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan
Har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur
Etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga
Qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya. Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning
Tobora kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash
Ketishini kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida
Auditorlik kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar
Uchun aynan aynan PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta
To’rtlik» kompaniyalaridan birining xulosasi kerak.