XY –bob. AUDITNING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
15.1.Auditning huquqiy asoslari
Audit, oldingi bobda aytib o‘tganimizdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan
tizim. Bu ham ichki, ham tashqi auditga taalluqlidir.
I
chki auditning huquqiy-me’yoriy asoslari respublikamizda «Korxonalar to‘g‘risida
Qonun», «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonun» hamda boshqa Qonunlar va me’yoriy
hujjatlarda belgilangan. Ushbu Qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari ichki auditga doir hujjatlarni ishlab chiqishlari va
ularga amal qilishlari lozim.
Tashqi auditning huquqiy –me’yoriy asoslari respublikamizda yuqorida keltirilgan
qonunlardan tashqari «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun», hukumat qarorlari,
auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy
hujjatlarda belgilangan.
29 ta moddadan iborat «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» auditning
mohiyatini, uning turlari, maqsadi va vazifalarini, auditorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlarning statusini, ya’ni ularni tuzish va yopish tartibini,
auditorlik faoliyatini litsenziyalash, litsenziyalarni to‘xtatish va bekor qilish tartibini,
auditorlik tashkilotlarining, shuningdek auditorlar va ularning yordamchilarining
huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, auditorlik tekshiruvi natijalarini
rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibini belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Qonunga muvofiq tashqi audit respublikamizda faqatgina maxsus litsenziyaga ega
bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlari
qonunlarga asosan faqat jismoniy shaxslar tomonidan xususiy korxonalar va
kompaniyalar statusida (ma’suliyati cheklangan jamiyat, firma, yopiq aksionerlik
jamiyati ko‘rinishlarida) tashkil etiladi. Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning ta’sischiligida auditorlik tashkilotlarini tuzish qat’iyan man etiladi.
Auditorlik tashkilotlarini tuzishda, shuningdek ular faoliyatini litsenziyalashda
ma’lum tartiblarga amal qilinadi, jumladan Qonunning 5-moddasiga, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2000 yil 22
sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining
ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» 365-son qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish
tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori ta’sis etish sanasida eng
kam ish haqining kamida 1200 barobariga teng bo‘lishi kerak;
ushbu ustav kapitalining eng kamida 51 foizi bitta yoki bir nechta auditorlarga
tegishli bo‘lishi kerak;
auditorlik tashkilotining shtati kamida ikkita auditordan tashkil topishi lozim;
auditorlik tashkilotining rahbari albatta auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitalini shakllantirish muddati boshqa yuridik
shaxslar singari tashkil etilgan kundan boshlab bir yil hisoblanadi. Ushbu muddatda o‘z
ustav kapitalini shakllantirmagan auditorlik tashkilotlari yuridik statusga ega
bo‘lmaydilar va qonun hujjatlariga muvofiq yopilishi lozim.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati bilan faqatgina litsenziya olgan kundan
boshlab shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Litsenziya olgan kungacha o‘tqazilgan
auditorlik tekshiruvi qonuniy hisoblanmaydi, ushbu tartibga amal qilmagan auditorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |