2-jadval
Jadval maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan korxona 5 xil «А»;»B»;»V»;»G»;»D» turdagi mahsulotlar ishlab chiqarar ekan. Bu mahsulotlar ichida «А» va «G» mahsulotlar xaridorgir boʼlib, ularning rejaga nisbatan «А» 12 foizga «G» esa 23 donaga koʼp sotilgan. Bu esa bozorda ushbu mahsulot turlariga talabning koʼpligidan dalolat beradi.
Mahsulot tarkibidan «B» va «V» mahsulotlariga talab kam boʼlgan. Natijada bu mahsulotlardan jami 30 kilogram (-6+(-24)) mahsulot sotilmay qolib ketgan. Bunga mahsulot sifati, bahosi yoki oʼrinbosar tovarlarning bozorda vujudga kelishi taʼsir etgan.
Korxonaning endigi asosiy vazifasi sifatning buzilishida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yoki boʼlmasam boshqa xaridorgir mahsulotni ishlab chiqarishni yoʼlga quyishdan iboratdir. Korxona uchun yana bir optimal variant boʼlib, «B» va «V» mahsulotlarni kamaytirib, unga sarflanadigan mablagʼlarning bir qismini «А» hamda «G» tovarlarini ishlab chiqarishga yoʼnaltirishi kerak.
Raqobat darajasini belgilovchi ko`rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili.
Bozor iktisodiyoti sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi aniqlanayotganda, uning boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarining mavjudligi, umumeʼtirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar mikdori bilan baholanadi. Maxsulotning raqobatbardoshliligini baholashda xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi. Chunki tovar xaridor talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:
• texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qoʼllash va tavsiya etish markazlari);
• ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi);
• estetik parametrlarga (tovarning tashqi koʼrinishi);
• meʼyoriy parametrlarga (tovarning amaldagi meʼyorlarga va standartlarga mos kelishi);
• iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga koʼrsatiladigan servis xizmati, vositalar oʼlchami, xaridorlarning ayni vaqgdagi ehtiyojlarini qondira olishi).
Har bir istemolchi uz ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotib oladilar. Bu esa oʼz navbatida raqobatni keltirib chiqaradi. Xaridorlarning xatti-harakatlaridan shuni koʼrish mumkinki, tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) nisbatan yuqori boʼlsa oʼsha mahsulotni koʼproq tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) kuyidagi,
koʼrinishni oladi.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda boʼladi:
1. Oʼrinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;
2. Oʼxshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy koʼrsatkichlarini belgilash;
3. Oʼz mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik koʼrsatkichlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |