17. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi. Muhim nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda imzo bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot belgilangan koordinatsion markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasini nazoratini tekshirib borish imkonini beradi.
18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash (rezervlarning, ichki auditorlarning hamda buxgalterlarning)nazoratning foydaliligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasida majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim.
Buxgalterning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlanishi quyidagilarga yordam beradi:
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi;
-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va buxgalter ishining samarasini oshiradi;
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi.
Misol. Buxgalteriyaning bir-biriga teng bo’ladigan xodimlarining majburiyatlarini har yili qayta taqsimlash maqsadga muvofiq. Har xil uchastkalarga ishga o’tkazishda buxgalterning o’z malakasini yuqori darajada ushlab turishiga yordam beradi. Agar buxgalterga yangi uchastkada qo’shimcha bilimni o’rganish to’g’ri kelsa, bunda arzimagan xarajat bilan bu xodimlar o’zaro aloqador va xo’jalik ishlarini amalga oshirishda yanada epchilroq xodimga aylanadi.
19. Har tomonlama nazorat. Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun har bir tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir. Tekshiruv tadbirini rejalashtirishda, iqtisodiy, yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini har tomonlama o’rganish lozim. Yo’riqnomani noto’g’ri tushunish, muhokamalarda xatolik, shaxsning beparvoligi, javobgar shaxsning parishonxotirligi yoki charchaganligi, jamoa o’rtasida kelishmovchiliklar, o’z lavozimini suiste’mol qilish va odobsizlik qilish hammasi ichki audit menejeri yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim.
Misol. Buxgalteriya biror-bir xodimni uning ish faoliyatini sifatini tekshirish kutilmaganda tekshiruv o’tkazish, o’sha xodimga psixologik tomondan yomon ta’sir ko’rsatadi va o’zaro kelishmovchilik yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Har bir xodimning o’ziga xos xarakterga egaligi tufayli, ish jarayonida nizoning yuzaga kelishi xodimning asabiylashishiga olib keladi, natijada esa xodimning ishga bo’lgan e’tiborini kuchsizlantiradi va ishda yuz beradigan xatoliklarning oshishiga sabab bo’ladi.