«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan



Download 1,3 Mb.
bet5/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

Birinchidan, ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin.
Ikkinchidan, AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan, kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini oshiradi.
Avvalambor, bunga xususiy mulk egalari va menejmentning kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar, boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonun-qoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.
Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 sonli Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;
Ichki audit deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishni to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati. 5
Ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.
B.A.Hasanovning fikricha ichki audit bu - korxona aktivlarining but saqlanishini tekshirish, muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, hisob siyosatiga rioya etilishini ta’minlaydigan usul va chora – tadbirlarni ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish rejasidan iborat bo’lmog’i kerak.6
Z.T.Mamatovning ta’kidlashicha ichki audit deb “ichki auditorlar tashkiloti, firma, kompaniya va shu kabilarni boshqaruv faoliyatini mustaqil ekspert sifatida baholaydi. Ular tahlil, baholash natijalarini o’zlari tekshiradigan tashkilot faoliyati to’g’risidagi axborotlarni, o’z tavsiyalari va maslahatlarini boshqaruvni amalga oshirayotgan bosh firmaga taqdim etadilar”7
Ya.V.Sokolovning fikricha esa ichki audit - auditorlik xulosasi va tekshirish natijalari bo’yicha yozma axborotga, nazorat tavakkalchiligining mazmuni, auditorlik qoidalari muddatlari va hajmini aniqlashga to’liq mas’ul ekanligini hisobga olishi lozim. Bu esa ichki audit samaradorligini baholashni batafsil o’tkazilishini taqozo qiladi. Bunda ichki nazorat elementlari holatini baholashda qo’llaniladigan usullar va shakllardan foydalaniladi.8
H.N.Musaevning fikricha ichki audit – bu korxonalar faoliyatini manfaatdorlarning buyurtmasiga asosan dahlsiz auditorlar tomonidan tekshirish va asosli xulosalar berishdir.9
R.D.Do’stmurotovning fikricha esa ichki audit – o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko’ra, korxona ma’muriyati (direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar. Bunday nazorat (o’z – o’zini nazorat qilish) shakli AQShda paydo bo’lgan, XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G’arbiy Evropa va Yaponiyada tarqalgan.
K.B.Ahmadjonovning ta’kidlashicha ichki audit – buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini ta’minlashga va korxonada samarali ichki nazorat tizimini tashkil etishda yo’naltirilgan faoliyat.
L.Vlasovaning fikriga ko’ra ichki audit – tashkilotlarning xo’jalik faoliyatini takomillashtirishda yo’nalishlar, ma’lumotlarni obe’ktivligi va mustaqilligi bo’yicha kafolatli konsultatsiyalar berib boruvchi faoliyatga aytiladi.
AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra ichki audit - iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish