Tasdiqlar to’g’risida yig’iladigan auditorlik dalillarini to’plashda yondoshuvlar
Moliyaviy xisobotni tasdiqlash
|
Dalillar yig’ish uchun tanlashdan foydalanish
|
Dalillar yig’ish uchun AUDTdan foydalanish
|
Mavjudlik yoki yuzaga kelish
|
Hisobga olingan operatsiyalardan tanlashni amalga oshiring va tanlangan elementlardan tegishli dalillarni tekshiring yoki tasdiqlashga jo’nating
|
Eng katta elementlarni, eng kichik elementlarni, yil davomidagi oxirgi operatsiyalar (o’z vaqtidalikni testlash uchun) yoki faylda tez tez foydalaniladigan elementlarni sortirovkalash; shuningdek noodatiy operatsiyalarni izlash uchun foydali
|
To’liqlik
|
Hisobga olinmagan majburiyatlarni izlash uchun navbatdagi to’lovlar uchun tanlab olishni bajarish
|
Eng qo’p foydalanilgan sotuvchilarni, yoki eng kam foydalanilgan sotuvchilarni yoki o’tkan yilgi sotuvchilar ro’yhatini joriy yil sotuvchilar ro’yhati bilan solishtirish maqsadida sotuvchilarni sortirovka qilish
|
Xuquq va majburiyatlar
|
Boshlang’ich hujjatlarni hisobga olgan holda, mavjudligi bo’yicha testlashni amalga oshirish
|
Noodatiy bo’lgan operatsiyalarni ko’rib chiqish uchun fayllarni sortirovka qilish
|
Baholash yoki taqsimlash
|
Elementlani tanlab oling harid xaqida kelishuv yoki schet fakturaga o’xshash hujjatlar manbalarigacha ko’zating
|
Fayllarni jamlang va hisoblashlarni tekshiring
|
Taqdim etish va ochish berish
|
Tegishli ochib ko’rish uchun baholarni yoki boshqa elmentlarni tekshiring
|
|
Yuqoridagi 17-jadval moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tasdiqlash uchun auditorlik dalillarini to’plash bo’yicha alternativ yondoshuvni aks ettiradi, shuningdek to’planadigan mahsus auditorlik dalillari na’munalarini o’z ichiga oladi.
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki nazorat tizmi samarali ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar ular samarali ishlamasa, auditor mustaqil protseduralarni konstruktsiyalayotganda boshqaruvning ichki vositalari muxokamasi haqida qaror qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim. Schetlar saldosini testlashda tanlashning maqsadi bu schetlar saldosini buzib yozishlar sonini baholashdir. Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa, auditor schetlar saldosini to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni istaydi. Biroq tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha miqdordagi elementlarni ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim uchun reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, auditorlar ular tekshirayotganlar xaqidagi noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi tanlab olishlarni kurib chiqishlari kerak.
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak.
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va qanday xususiyatlari tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ?
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab olish hajmi)?
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ?
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish mumkin (baholash)?
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor umumiy to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, chunki yo a) auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga nisbatan reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq auditorlik firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi.
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk. Faraz qilinadiki auditorlar tanlashda hamma elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda audit amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash riski bilan bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.
Tanlash bilan bog’liq risk. Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday tanlovlar agar auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi. Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi. Tanlash bilan bog’liq risk shunday riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval qilingan xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash yordamida auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun o’lchanishi mumkin.
Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari. Auditor ichki nazoratni integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida samaradorligini baholash uchun dalillarni yig’ishda ko’pincha tanlashdan foydalanadi. Nazorat pasayishga uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini talab qiladi; masalan, agar nazorat vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu axborotdan nazorat samaradorligi haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil nazorat amallar miqdori yoki ichki nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish uchun foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha ayrim noaniqliklarga ega bo’ladi, shu bilan birga auditor yomon senariyni boshqarishga urinadi; masalan, auditor nazorat vaqtning 8% dan ortig’iga pand bermaydi deya 95% ishonishni xohlaydi. Auditor hamisha tanlab olishning uncha katta bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar chiqarish bo’yicha risklarni boshqarishga xarakat qiladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari 18-jadvalda keltirilgan. Ichki nazorat ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat riskining o’ta past yoki ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini samarali deb topganda haqiqatda esa ichki nazorat tizimi samarsiz bo’lganligi riski hisoblanadi. Ichki boshqaruv ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor nazoratning ichki vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa nazoratning ichki vositalari samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |