17-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditorlik tekshiruvida korxonada yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda berilgan provodkalardan birining xato ekanligi aniqlandi. Quyidagi buxgalteriya yozuvlaridan qaysi birini auditor xato, deb hisoblagan?
A. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti,
Kredit 9110-“Sotilgan mahsulot tannarxi” schoti.
B. Debet 9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”, schoti.
Kredit 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti.
C. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti.
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti.
D. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti.
Kredit 9810-“Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar” schoti.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
2. Auditor sotilgan mahsulotlarning tannarxi bo‘yicha hisob ma’lumotlarini qaysi registrdan oladi?
A. Jurnal order №6;
B. Jurnal order №11;
C. Jurnal order №10;
D. Jurnal order №15;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
3. Auditorlik tekshiruvi natijasida mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar operatsion daromadlar tarkibiga qo‘shilganligi aniqlandi. Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi qatorga qo‘shilishi kerak?
A. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum.
B. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar.
C. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
D. Favqulodda daromadlar.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Auditor tekshiruv jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi birini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olmaydi?
A. Favqulodda foyda.
B. Olingan dividendlar.
C. Tekinga olingan mol-mulk.
D. Olingan foizlar.
E. Ijobiy valuta kursi.
5. Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga qanday provodka beriladi?
A. Debet 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schoti.
Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti.
B. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti.
Kredit 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schoti.
C. Debet 9110-“Sotilgan mahsulot tannarxi” schoti.
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar”.
D. Debet 9040-“Sotilgan tovarlarning qaytarilishi” schoti.
Kredit 5110-“Hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti.
E. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Auditorlik tekshiruvi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar moliyaviy daromadlar tarkibiga qo‘shilganligi aniqlandi. Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi qatorga qo‘shilishi kerak?
A. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum.
B. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar.
C. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
D. Favqulodda daromadlar.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
7. Auditorlik tekshiruvida korxonada davr xarajatlarini aniqlashda berilgan provodkalardan birining xato ekanligi aniqlandi. Quyidagi buxgalteriya yozuvlaridan qaysi birini auditor xato, deb hisoblagan?
A. Debet 9420-“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti.
Kredit 0220-“Binolar, inshootlar va uzatkich moslamalarining eskirishi” schoti.
B. Debet 9420-“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti.
Kredit 0430-“Dasturiy mahsulot” schoti.
C. Debet 9420-“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti.
Kredit 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti.
D. Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar”, schoti.
Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
8. Auditorlik tekshiruvi natijasida mijoz korxonaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotining 240-satrida 45000 ming so‘mlik foyda ko‘rsatilganligi aniqlandi. Korxona xalqaro telefon so‘zlashuvlar uchun belgilangan 140 ming so‘mlik normativ to‘lov va 20 ming so‘mlik normadan oshiqcha to‘lov to‘lagan. Shuningdek, korxonada to‘g‘ri chiziqli eskirish hisoblash usuli qo‘llanilgan bo‘lib, jami hisoblangan eskirish so‘mmasi 1300 ming so‘mga teng bo‘lgan. Foyda solig‘i stavkasi 16 % bo‘lgan va korxona budjetga 7200 ming so‘m foyda solig‘i hisoblagan. Auditor bu so‘mmani xato, deb hisobladi. Aslida foyda solig‘i so‘mmasi qanchaga teng bo‘lishi kerak edi?
A. 7498, 4 ming so‘m;
B. 7508, 92 ming so‘m;
C. 7203,2 ming so‘m;
D. 7536,16 ming so‘m;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
9. Auditorlik tekshiruvi natijasida deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar moliyaviy daromadlar tarkibiga qo‘shilganligi aniqlandi. Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi qatorga qo‘shilishi kerak?
A. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum.
B. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar.
C. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
D. Favqulodda daromadlar.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
10. Auditorlik tekshiruvi natijasida mijoz korxonaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotining 240-satrida 36000 ming so‘mlik foyda ko‘rsatilganligi aniqlandi. Korxona vakillik xarajatlari 30 ming so‘mlik normativ to‘lov va 12 ming so‘mlik normadan oshiqcha to‘lov to‘lagan. Shuningdek, korxonada to‘g‘ri chiziqli eskirish hisoblash usuli qo‘llanilgan bo‘lib, jami hisoblangan eskirish so‘mmasi 900 ming so‘mga teng bo‘lgan. Foyda solig‘i stavkasi 16 % bo‘lgan va korxona budjetga 5760 ming so‘m foyda solig‘i hisoblagan. Auditor bu so‘mmani xato, deb hisobladi. Aslida foyda solig‘i so‘mmasi qanchaga teng bo‘lishi kerak edi?
A. 5761,92 ming so‘m.
B. 5766,72 ming so‘m.
C. 5764,8 ming so‘m.
D. 5764,6 ming so‘m.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |