ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Auditorlik tashkiloti
|
Auditing organization
|
Auditorskoy organizatsii
|
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
|
Majburiy auditorlik tekshiruvi
|
Mandatory audit
|
Obyazatelniy audit
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan qat’iy muddat va tartib asosida maxsus malaka sertifikati va litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan tekshiruv tushuniladi
|
Tekshiruvning yakuniy bosqichi
|
Final stage of audit
|
Zaklichitelniy etap proverki
|
Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish, baholash, auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish hamda taqdim etish jarayoni
|
Auditorlik xulosasi
|
Audit report
|
Auditorskoe zaklyuchenie
|
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat
|
Ijobiy auditorlik xulosasi
|
Positive audit report
|
Polojitelnoe auditorskoe zaklyuchenie
|
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim
|
Salbiy auditorlik xulosasi
|
Negative audit report
|
Otritsatelnoe auditorskoe zaklyuchenie
|
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
|
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi
|
Restriction volume of audit inspection
|
Ogranichenie ob’ema auditorskoy proverki
|
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo’yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun etarli deb hisoblaydigan hajmda o’tkazishga to’sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko’rsatadigan hatti-harakatlari yoki harakatsizligidir
|
Tashqi audit
|
External audit
|
Vneshniy audit
|
Tashqi audit –bu auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan korxona faoliyatida respublikadagi qonun hujjatlariga amal qilish holatini tekshirish va uning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida chetdan jalb qilingan auditorlar tomonidan o’tkaziladigan nazorat turidir
|
Ichki audit
|
Internal audit
|
Vnutrenniy audit
|
Ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati
|
Auditorlik hisoboti
|
Audit Report
|
Otchet auditora
|
Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoyida-buzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat
|
Auditorlik tekshiruvi
|
Auditing
|
Auditorskaya proverka
|
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
|
Tahliliy amallar
|
Analytical procedures
|
Analiticheskie protseduri
|
Auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
|