ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Auditorlik faoliyati
|
Audit activity
|
Auditorskaya deyatelnost
|
Auditorlik faoliyati bu - auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyatidir
|
Me’yoriy-huquqiy asos
|
Regulatory framework
|
Normativno-pravovie osnovi
|
Auditorlik faoliyatini tashkil etish, o’tkazish va yakunlash bosqichlari aks ettirilgan va respublikaning barcha hududlarida amal qiluvchi davlat tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar majmui
|
Audit tamoyillari
|
audit principles
|
printsipi audita
|
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qo’llaniladigan asosiy qoidalar, yondashuvlar va uslublar majmui
|
Auditorning malaka sertifikati
|
Auditor Qualification Certificate
|
Kvalifikatsionniy sertifikat auditora
|
Auditorning malaka sertifikati - auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko’rsatish huquqini beruvchi hujjat
|
Auditorlik faoliyati standartlari
|
Auditing standards
|
Auditorskie standarti
|
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish, professional xizmatlar ko’rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilovchi va mazkur faoliyatni amalga oshirish bo’yicha yagona talablar aks ettirilgan me’yoriy hujjatlar
|
Auditning xalqaro standartlari
|
International audit standards
|
Mejdunarodnie standarti audita
|
Xalqaro amaliyotda auditorlik tekshiruvini o’tkazish, professional xizmatlar ko’rsatish va audit ish sifatini nazorat qilish tartibini belgilovchi va xalqaro amaliyotda mazkur faoliyatni amalga oshirish bo’yicha yagona talablar aks ettirilgan me’yoriy hujjatlar
|
Auditor
|
Auditor
|
Auditor
|
Auditor - auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir
|
Auditorning yordamchisi
|
Assistant auditor
|
Pomoshchnik auditora
|
Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir
|
Auditorlik tashkiloti
|
auditing organization
|
auditorskoy organizatsii
|
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
|
Auditor yoki auditorlik tashkilotining huquqlari
|
Auditor or audit rights
|
Auditor ili auditorskaya prava
|
Auditor yoki auditorlik tashkilotining auditorlik faoliyatini amalga oshirishda tekshirilayotgan sub’ekt yoki boshqa sub’ektlardan talab qilishi mumkin bo’lgan jihatlari
|
Auditor yoki auditorlik tashkilotining majburiyatlari
|
Auditors and audit obligation
|
Auditor ili auditorskaya obyazatelstvo
|
Auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan sub’ekt yoki boshqa sub’ektlarni auditor va auditorlik tashkilotlari talab qilishi mumkin bo’lgan jihatlari
|
Auditorlik tekshiruvi
|
Auditing
|
Auditorskaya proverka
|
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
|
Auditor yoki auditorlik tashkilotining javobgarligi
|
The responsibility of the auditor or audit
|
Otvetstvennost auditora ili auditorskoy organizatsii
|
Auditor yoki auditorlik tashkilotining auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yuzaga keladigan javobgarlik munosabatlari
|
Majburiy auditorlik tekshiruvi
|
Mandatory audit
|
Obyazatelniy audit
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan qat’iy muddat va tartib asosida maxsus malaka sertifikati va litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan tekshiruv tushuniladi
|
Auditorlik tekshiruvi
o’tkazishdagi cheklovlar
|
Restrictions on conducting audit
|
Ogranicheniya po provedeniyu audita
|
Auditorlik tekshiruvini tashkil etish, o’tkazish va yakunlash bosqichlaridagi cheklovlar yoki taqiqlar
|