Wm.Wringley Jr.Company
aktsiyadorlari va direktorlar kengashiga
Mustaqil auditorlar xulosasi
Biz Wm.Wringley Jr.Company va uning tarkibidagi kompaniyalarning (keyingi o’rinlarda “Kompaniyalar”) 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar holati bo’yicha taqdim qilingan konsalidatsiyalashgan buxgalteriya balansi, xususiy kapital, pul oqimlari, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni yuqorida keltirilgan davr uchun ko’rib o’tdik. Moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv asosida berilagan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi haqida haqqoniy fikr bildirishdir. Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar moliyaviy holatining hamma muhim tomonlari bo’yicha, shuningdek, ularning 31 dekabr 2003 yilda tugaydigan davr uchun faoliyatining natijasi va pul mablag’larining harakati hisobotlarda Amerika Qo’shma Shtatlarida umum qabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga mos holda ishonchli aks ettirilgan. Ernst and Young LLP
Chikago, Illinoys
21 yanvar 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |