Bog'liq Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan boshqa jihatlar Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortish zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga bunday modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi8 moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan salbiy auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo’lur edi.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni quyidagicha.
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos. Tekshiruvni o’tkazgan auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim.
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy hisobotlardagi alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish moliyaviy ta’sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim.
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berish talab etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda auditor ochib berilmagan ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama qilishi, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususiyatini ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar bilan ta’qiqlangan bo’lmasa, u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim bo’ladi. (agar buning imkoni bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan bo’lsa).
Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni talab qilishi mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta’sirini tavsiflashi uning professional vazifasidir.
Fikr bildiriladigan paragraf Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr bildiriladigan paragraf uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim.
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta’sirini istisno qilganda, o’z fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: (a) Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini berishini); yoki (b) Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini. Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni bildirishi uchun tegishli “...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim.
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr ifodalanayotgan paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: (a) Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini); yoki (b) Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini. Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko’rsatishi lozim: (a) Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli ravishda, (b) Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi.
Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lganimiz yo’q”. Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). 5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).