Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Auditorlik dalillarni olish manbalari



Download 6,99 Mb.
bet57/295
Sana07.02.2023
Hajmi6,99 Mb.
#908589
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

2. Auditorlik dalillarni olish manbalari
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari.
Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin.
Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini pasaytiradi. Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-birlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va to’plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar to’plashi zarur. Agar auditor qandaydir muammo bo’yicha etarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim.
Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha etarli auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, etishmayotgan auditorlik dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim.
Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi.



Download 6,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish