ASOSIY VOSITALARNING AMORTIZATSIYA NORMALARI
Asosiy vositalar guruhlari
|
Amortizatsiya normasi
|
1. Engil avtomobillar, taksi, yo’llarda foydalaniladigan avtotraktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihozlar. Kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari.
|
20 foiz
|
2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar. Sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxonasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalari. Ofislar uchun mebel.
|
15 foiz
|
3. Temir yo’l, dengiz va havo transporti vositalari. Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik-texnika uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizelogeneratorlar. Elektr uzatish va aloqa qurilmalari. Truboprovodlar.
|
8 foiz
|
4. Binolar, inshootlar va imoratlar.
|
5 foiz
|
5. Boshqa ushbu guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar.
|
10 foiz
|
INVESTITSIYALAR AUDITINING VAZIFALARI
Auditorning vazifalari
|
Tekshiriladigan masalalar
|
1
|
2
|
1. Moliyaviy va kapital investitsiyalarning haqiqatda mavjudligi va qoldiqlarining to’g’riligini aniqlash.
|
Investitsiyalarning inventarizatsiyasini to’g’ri amalga oshirilganligi.
Kapital investitsiyalarga haqiqatda qilingan xarajatlarning to’g’riligi.
Tugallanmagan qurilish qiymatini to’g’ri baholash.
|
2. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va nazorat kilishning holatini tekshirish.
|
Korxona aktivlarini moliyaviy va kapital kuyilmalar qatoriga olib borishning to’g’riligi.
Investitsiya muomalalarining hujjatlashtirishni tekshirish.
Investitsiyalarni baholashning to’g’riligi.
Investitsiyalar bo’yicha ichki nazorat holatiga baho berish.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi.
|
3. Investitsiyalar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishga doir muomalalar sintetik hisobining to’liqligi va to’g’riligi hamda soliq qonunchililiga rioya qilinishini tekshirish.
|
Moliyaviy va kapital investitsiyalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sintetik hisob registrlarida aks ettirish.
Qimmatli qog’ozlar analitik hisobini tashkil etish.
Moliyaviy investitsiyalarini hisobdan chiqarishga doir muomalalar bo’yicha soliq qonunchililiga rioya qilinishi.
Kapital investitsiyalarni asosiy vositalar tarkibiga to’g’ri bahoda kirim qilinganligini tekshirish.
Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni aks ettirish.
Qarz shartnomasi bo’yicha berilgan mablag’lar hisobi.
|
4. Investitsiyalarga doir daromadlarning to’liq aks ettirilishi va ularning soliqqa tortilishini tekshirish.
|
Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq tan olinishi va aks ettirilishi.
Kapital investitsiyalarning mol-mulk solig’iga to’g’ri tortilganligi.
Investitsiyalarni soliqqa tortish bo’yicha soliq summalarining to’g’ri hisoblanganligi va o’z vaqtida to’lanishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |