VI. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Kurs ishi tasdiqlangan o’quv rejada ko’zda tutilgan ta’lim yo’nalishlarida bajariladi. Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5231300- Pensiya ishi, 5231500- Baholash ishi, 5232000-Davlat byudjetining g’azna ijrosi, 5232700 – Investision loyhalarni moliyalashtirish, 5232800 –Elektron tijorat yo`nalishlarida ta’lim yo’nalishlarida nazarda tutilgan. “Audit” fanidan kurs ishi muayayn mavzu bo’yicha umumiy yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs ishi auditorlik faoliyati rivojlanishi darajasiga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi talab etiladi.
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, uning uslubiy darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini bajarishning muhim bosqichi rejada belgilangan savollar yoritilishida o’zaro nazariy va amaliy aloqadorlikni ta’minlashdir. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri shakllantirish talabaga uning maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olish hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ketma-ket bajarishga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad hamda natijalarini aniq ifodalash, fikrlarni mantiqiy bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning salohiyati hamda fan bo’yicha chuqur bilim va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qiladi. Kurs ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo’yilgan vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko’zlagan holda reja tuziladi va shu asosida bajariladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil qilishning o’ziga xosligi, xorijiy davlatlarning tajribalari va orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan muammolarning echimi yuzasidan yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va ularni bartaraf etish yo’llarini tavsiya etadi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi:
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish;
- kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish;
- xulosa va tavsiyalarning asoslab berilishi;
talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi;
qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.
Kurs ishlarining namunaviy mavzulari:
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari.
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.
Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalash.
Auditorlik kasbining axloqiy talablari.
Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari.
Ichki auditni tashkil etish asoslari.
Auditda muhimlik darajasini aniqlash.
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash.
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari.
Korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturi.
Auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazoratni o’rganish hamda baholash.
Auditorlik dalillar va ularni olish usullari.
Auditorlik tekshiruvida tahliliy amallarni qo’llash.
Auditorlik tekshiruvida ekspert ishlaridan foydalanish.
Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash xatarlari va natijalarni baholash.
Auditorlik hisoboti va uning tarkibi.
Auditorlik xulosasi va uning tarkibi.
Asosiy vositalar auditi.
Ijara muomalalari auditi.
Kapital qo’yilmalar auditi.
Nomoddiy aktivlar auditi.
Moliyaviy investitsiyalar auditi.
Tovar-moddiy zahiralar auditi.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditi.
Mahsulot sotilishi va u bilan bog’liq muomalalar auditi.
Kassa va kassa muomalalari auditi.
Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar auditi.
Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi.
Maqsadli tushumlar va fondlarga doir hisoblashishlar auditi.
Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditi.
Korxona xususiy kapitali auditi.
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar auditi.
Davr xarajatlari auditi.
Soliqlar va majburiy to’lovlar auditi.
Kurs ishi mavzularini shakllantirishda asosli hollarda kafedra tomonidan qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
VII. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Fandan talabalarning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat (YaN) talabalarning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
|
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi
|
5 (a’lo)
|
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
|
4 (yaxshi)
|
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
|
3 (qoniqarli)
|
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
|
2 (qoniqarsiz)
|
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
|
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.
YaNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baholangan magistrant akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan akademik qarzdor magistrantga nazorat turlari(ON va YaN)ni qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha magistrantning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |