ILOVALAR:
FAN DASTURLARI
FANNING ISHCHI DASTURLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro’yxatga olingan
№__________________
2021 yil “___” _____________
|
Toshkent moliya instituti
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_________ A.Tuychiyev
2021 yil “___” _____________
|
AUDIT
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200 000
|
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230 000
|
- Iqtisod.
|
|
|
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230900
|
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha);
|
Toshkent-2021
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil “14” avgustdagi ___ -sonli buyrug’i (buyruqning - ilovasi) bilan tasdiqlangan “Audit” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2021 yil “___” ______________ dagi “___” -sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
|
Qo’ziyev I.N
|
– TMI, “Audit” kafedrasi professor, i.f.d.
|
|
Meliyev I.I.
|
– TMI, “Audit” kafedrasi dotsent, PhD.
|
|
Abduraimova M.A
|
– TMI, “Audit” kafedrasi dotsent, PhD.
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Xadjimuratov N.
|
– TDIU, «Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi mudiri, dotsent;
|
|
Avlokulov A.Z
|
– TMI, “Audit” kafedrasi professor, i.f.d.
|
Fanning ishchi o’quv dasturi kafedraning 2021 yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, fakultet Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Audit” kafedrasi mudiri: i.f.d., prof. I.Qo’ziyev
Fanning ishchi o’quv dasturi “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti Kengashining 2021 yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, institut o’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Buxgalteriya hisobi va audit”
fakulteti dekani: i.f.d., prof. D.R.Rustamov
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv-uslibiy Kengashning 2021 yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama qilingan.
Kengash kotibi: I.X.Choriyev
KIRISH
Pandemiya sharoitida auditorlik xizmatlari orqali moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar ishonchli axborotlar bilan operativ tarzda ta’minlanishi kafolatlanadi va mazkur sharoitda xo’jalik sub’ektlar auditorlik xizmatlaridan foydalangan holda o’z faoliyatini baholash orqali kelgusidagi strategiyasini belgilash imkonini beradi.
Ushbu dasturda uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan audit va auditorlik faoliyatining mohiyati, O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rnini o’rganish Respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Audit fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi, sug’urta va boshqa sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo’shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
“Audit” fanining mazkur ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli Qarori, shuningdek, 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-sonli Qarori va 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Audit” fanini o’qitishda zarur bo’lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida auditning kasbiy faoliyati, auditning nazariyasi, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvi, boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida audit fanlarini o’rganishda umumiy ma’lumotlarni qamrab olgan. O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limning o’rni, Toshkent moliya institutining faoliyati, oliy o’quv yurtlaridagi o’qish jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari, mustaqil ish va talabalar mehnatini ilmiy tashkil etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish, auditorlik kasbining tarixiy rivojlanishi, auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari, audit kasbiga qo’yiladigan talablar, audit faniga kirish, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish va ularning amaldagi ijrosini ta’minlash, auditorlk tekshiruvlarida dalillar olish, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va auditorlik malaka sertifikatini olish va unga qo’yiladigan talablar, auditning xalqaro standartlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, investitsiyalar auditi, materiallar auditi, tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini auditi, pul mablag’lari va ular bilan hisoblashishlar auditi, mehnat va ish haqi muomalari auditi, majburiyatlar auditi, xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish muomalalari auditi, xarajatlarni turkumlash va baholash ularning auditi, mahsulot tannarxini muomalalari auditi, byudjetlashtirish va xarajatlar auditini o’tkazish, O’zbekiston Respublikasida ichki audit xizmatini tashkil etish va uni rivojlantirish yo’nalishlari bugungi kunda buxgalteriya hisobini rivojlanishga olib keladi hamda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Talabalarning ushbu fanni chuqur o’rganishi audit fani nazariyasi, auditorlk tekshiruvlarini tashkil etish, daromadlar va xarajatlar hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar auditi mavzulari hamda xo’jalik subyektlari moliyaviy hisobot auditini tashkil etishda zamin bo’lib xizmat qiladi.
Mazkur dastur “Audit” fanini ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasi tarkibida o‘rganilishini nazarda tutadi
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
“Audit” fanining asosiy maqsadi – talabalarda xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi hamda hisobotini rasmiylashtirish, auditning professional xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari; auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar; auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski; auditorlik tekshirishni rejalashtirish; auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash; auditorlik dalillar; ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti ma’lumotlaridan foydalanish; auditorlik tanlash; auditorlik hisoboti va xulosasi; uzoq muddatli aktivlar auditi; joriy aktivlar auditi; majburiyatlar auditi; xususiy kapital hamda daromadlar va xarajatlar auditi haqida quyidagi nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat:
Talaba:
- auditorning kasbiy faoliyati;
- audit fanining ob’ekti, predmeti va usullari;
- auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari;
- auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar;
- auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski;
- auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish;
- auditorlik dalillar;
- auditorlik tekshiruvlarini yakuniy bosqichi;
-auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish;
- uzoq muddatli aktivlar auditi;
- joriy aktivlar auditi;
- majburiyatlar auditi;
- xususiy kapital auditi;
- daromadalar va xarajatlar auditining xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Talaba:
- auditorlik tekshiruvini o’tkazish usullarini;
- auditorlik tanlash usullarini;
- auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlarini;
- auditorlik tekshiruvlarida tahliliy amallarni qo’llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Talaba:
- auditda muhimlik va risk darajalarini aniqlash;
- auditorlik tekshiruvini rejalashtirish;
- auditda ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash;
-biznes jarayonlar bo’yicha auditorlik tekshiruvni tashkil etish;
-auditorlik tekshiruvi yakuni bo’yicha ishchi hujjatlarni shakllantirish;
-auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzish ko’nikmalakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanni o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda o’quv mashg’ulotlarini loyihalash
Fanni o‘qitishda interfaol, kommunikativ, perspektiv yondashuvlardan maksimal darajada foydalanish, o’quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va kompetensiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg’ulotlarini loyihalash jarayonida:
- mezonni tanlash;
- o‘quv maqsadlarini toifalash;
- o‘quv materiallarini modullashtirish;
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi.
5230900-Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishida “Audit” fanidan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti
t/r
|
Fan mavzularining nomi
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Mustaqil ta`lim
|
7- semestr
|
1.
|
Auditorlik dalillar
|
22
|
4
|
4
|
8
|
2.
|
Tahliliy amallar
|
16
|
4
|
4
|
8
|
3.
|
Auditorlik tanlash
|
16
|
4
|
4
|
8
|
4.
|
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
|
20
|
4
|
4
|
8
|
2-modul. Auditning xalqaro standartlari
|
5.
|
Audit o’tkazish jarayonida ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’yicha auditning xalqaro standartlari
|
8
|
4
|
4
|
6
|
6.
|
Auditorlik xulosa va takliflarining xalqaro standartlari
|
8
|
4
|
4
|
4
|
|
7-semestr bo`yicha jami
|
90
|
24
|
24
|
42
|
8- semestr
|
3-modul. Aktivlar va majburiyatlar auditi
|
7.
|
Ta’minot jarayoni auditi
|
28
|
8
|
8
|
12
|
8.
|
Ishlab chiqarish jarayoni auditi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
9.
|
Mehnat haqi hisobi va to’lash jarayoni auditi
|
14
|
4
|
4
|
6
|
10.
|
Majburiyatlar auditining xususiyatlari
|
14
|
4
|
4
|
6
|
4-modul. Xususiy kapital shakllanishi va moliyaviy natijalar auditi
|
11.
|
Xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
12.
|
Moliyaviy natijalar auditi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
5-modul. Ichki audit asoslari
|
13.
|
Ichki audit xizmatinin tashkil etish
|
14
|
4
|
4
|
6
|
14.
|
Ichki auditni o’tkazish xususiyatlari
|
14
|
4
|
4
|
6
|
|
8-semestr bo`yicha jami
|
114
|
30
|
30
|
54
|
|
JAMI
|
204
|
54
|
54
|
96
|
III. ASOSIY NAZARIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |