http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).
https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).
https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)
https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)
https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)
2-MODUL.AKTIVLAR VA MAJBURIYATLAR AUDITI
12-MAVZU:AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI 12-MAVZU:AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI Takrorlash uchun savollar: 1. Audit natijalariga qanday baho beriladi?
2. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilish deganda nimalar nazarda tutilgan?
3. Auditorlik xulosasi qanday tuziladi, uning tarkibi nimalardan iborat bo’ladi va ularda asosan qanaqa ma’lumotlar aks etadi?
4. Auditorlik xulosa kimga taqdim etiladi?
5. Auditorlik xulosasining kirish qismida nima aks etadi?
6. Auditorlik xulosasining analitik qismida nima aks etadi?
7. Auditorlik xulosasining xulosa qismida nima aks etadi?
8. Audit standartlari bo’yicha xulosasining nechta va qanday turlari, shakllari mavjud va ular nimalarga asoslanib rasmiylashtiriladi?
9. Ijobiy xulosa, salbiy xulosa, xulosa berishdan bosh tortish qanday holatlarda tuziladi?
10. Tekshirish natijalarini baholashda muhimlik tamoyiliga asoslaniladimi, bunga sabab nima?
11. Aniqlangan xatolar muhimliligi baho bering.
12. Aniqlangan xatoliklarni to’g’rilash yuzasidan maslahatlar bering hamda keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatoliklar haqida ma’lumotlar bering.
14. Auditorlik xulosasining sanasi va auditorlik xulosasidagi imzolar to’g’risida nimalar bilasiz?
15.Auditorlik xulosasida adresat qanday ko’rsatiladi?
16.OAJda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida xodimlar qonun buzilishiga yo’l qo’yganligi hamda jamiyat mol-mulkini o’zlashtirish yo’li bilan unga juda ko’p miqdorda zarar etkazilganligi holatlari aniqlandi. Etkazilgan zarar aybdor xodimlar hisobidan to’liq undirib olindi va bu to’g’rida auditorlik hisobotiga tegishli yozuvlar kiritildi.
Yuqoridagi holatdan jamiyat ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi xabardor qilindi. Jamiyat ijroiya organi tomonidan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralari (mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa vazifaga o’tkazish, hayfsan e’lon qilish va boshqalar) qo’llanildi. Ushbu holda xususiy mulkchilikdagi jamiyat tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berishi shartmi yoki yo’qmi?
Masala. Quyidagi ma’lumotlarning yakunini quyida keltirilgan 1-jadval ko’rinishida rasmiylashtiring.
1. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilishda sifat nazoratini o’tkazish kerak bo’ladi. Chunki, xulosani sub’ektiv berish uchun etarli auditorlik dalil hujjatlarini yig’ish lozim bo’ladi.
Ishchi hujjatlarni tahlil qilishda auditor ishonch hosil qilish kerakki, audit dasturi talablariga amal qilinishini; (bajarilgan ishlar xarakteri va hajmi qayd etilishi);
Ishchi hujjatlar aniq shaklda, sodda va izohsiz taqdim qilinishi;
Ishchi hujjatlardagi ma’lumotlar hisob va hisobotning mazmunini tashkil qilishi va auditorlik xulosaning analitik qismiga xulosa berishga muvofiqligi;
2. Auditorlik xulosasini tuzing.
3. Auditorlik xulosaning kirish qismini tuzish uchun ilovadagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
4. Auditorlik xulosaning analitik qismi ishchi hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiq ilovadagi holatlarda tanlab olingan variantlarga asosan tuziladi.
5. Auditorlik xulosaning turi mashg’ulotlardagi tanlab olingan variantlarning ma’lumotlarini umumlashtirish asosida aniqlanadi.