Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Xo‘jalik operatsiyasining mazmuni



Download 7,65 Mb.
bet164/267
Sana01.07.2022
Hajmi7,65 Mb.
#725946
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   267
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Xo‘jalik operatsiyasining mazmuni



So‘mma
(ming so‘m)



Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi

Debet

kredit

1

Dividendlar hisoblab yozilgan

2 800

8710

6610

2

Dividendlar tarzidagi daromadlardan soliq ushlangan va budjetga o‘tkazilgan

280

6610
6410

6410
5110

3

Dividendlar hisobiga mahsulotni berish aks ettirilgan

2 100

6610

9010

4

Dividendlar hisobiga berilgan mahsulot qiymatidan QQS hisoblab yozilgan (2 100 x 20%)

420

6610

6410

5

Berilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarilgan

2 000

9110

2810

6

Sof tushumdan majburiy ajratmalar hisoblab yozilgan:










Pensiya jamg‘armasiga (2 100 x 1,6%)

33,6

9430

6520

Yo‘l jamg‘armasiga (2100 x 1,4%)

29,4

Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga (2 100 x 0,5%)

10,5

Talab qilinadi:
1. Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomnidan to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.

Masala. Korxona avval sotib olgan obligatsiyani boshqa korxonaga sotdi balans qiymati-5000000 so‘m, sotish qiymati –4200000 so‘m. Ushbu muomalalar quyidagicha buxgalteriya provodkasi berilgan:


Obligatsiyani sotishdan tushgan tushum:
Debet -5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -4200000 so‘m;
Kredit -9220 schoti -“Boshqa aktivlarning sotilishi va chiqib ketishi” -4200000 so‘m;
Obligatsiyalarni balans qiymati hisobdan chiqarildi:
Debet 9220 schoti -“Boshqa aktivlarning sotilishi va chiqib ketishi” schoti -4200000 so‘m,
Kredit 0160 schoti -“Qimmatli qog‘ozlar” schoti-4200000 so‘m;
Sotishdan olingan zarar (foyda) aniqlandi:
Debet 9610 schoti -“foiz ko‘rinishidagi xarajat” schoti -800000 so‘m,
Kredit 9210 schoti -“aktivlarning sotilishi” schoti -800000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?


Masala. "MAKSAM-CHIRCHIQ" OAJda o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlarga jamiyat buxgalterlari tomonidan jamiyatga chet ellik aksiyador tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritishga doir quyidagi masalalarda tushuntirish berishlarini iltimos qildi:
1. Korxona investitsiya majburiyatlarining yuzaga kelishini qanday aks ettirishi lozim:
a) ular tegishli oldi-sotdi shartnomasini imzolash paytida to‘liq hajmda aks ettiriladimi;
b) ular amalda kiritilishiga qarab tegishli miqdorlarda hisoblab yozilib, so‘ndiriladimi?
2. Investitsiya majburiyatlarini hisoblab yozish va so‘ndirish qanday buxgalteriya provodkalari bilan aks ettiriladi?
3. Korxona valuta kursidagi farqni investitsiya majburiyatlarini hisobga olish hisobvaraqlari bo‘yicha hisob-kitob qilishi kerakmi?
Talab qilinadi:
1.Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
2.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

Masala. Korxona 1400000 so‘mga aksiyalarni xarid qildi. Aksiyalarning nominal qiymati 1100000 so‘m. Korxona aksiyalarining ushbu paketi 13 oydan keyin sotishni rejalashtirgan. Aksiyalarning xarid narxi va nominal qiymati orasidagi farq 300 000 so‘m (1400-1100) 13 oy mobaynida teng ulushlar bilan hisobdan chiqariladi hamda korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar sifatida e’tirof etiladi. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar uchun buxgalteriyada quyidagicha yozuvlar qilingan:



  1. Aksiya xarid qilindi:

Debet 0610- “Moliyaviy qo‘yilmalar” schoti -1400000 so‘m;
Kredit 5110 “Hisob-kitob” schoti -1400000 so‘m.
2)Nominal va xarid qiymat orasidagi farq bir me’yorda hisobdan chiqarildi:
Debet 6990 “Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schoti -23100 so‘m;
Kredit 0610- “Moliyaviy qo‘yilmalar” schoti -23100 so‘m,
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteriyasi tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring.

Masala. Korxona ta’sischilari bilan kelishilgan holda aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha ustav kapitaliga ulush hisobida beradi. Nominal qiymati bo‘yicha aksiyalar paketining qiymati 850000 so‘m. Berilayotgan aksiyalar paketining bozor qiymati 1400000 so‘mni tashkil etadi


Talab qilinadi:Yuqoridagi muomalalarni buxgalteriyada hisobga olish uchun buxgalterga auditor sifatida amaliy yordam ko‘rsating.
Masala. Korxona chet tashkilot kuchi bilan sex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuzildi .Shartnomaga ko‘ra pudrat tashkiloti obyektni zarur materiallar bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning saqlanishi va qurilish subyektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak. Buyurtmachining o‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 3000000 so‘mlik so‘mmadagi materiallar, shu jumladan QQS-500 000 so‘m mavjud. Pudratchi uchun sexning umumiy smeta qiymati 70 mln so‘m (QQS bilan birga) Buyurtmachi subyektni 70 mln so‘mlik qiymat bo‘yicha kirim qiladi.
Talab qilinadi:

  1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

Masala. Shakar ishlab chiqarish zavodidan temiryo‘l orqali ulgurji savdo tashkilotiga 25 tonna shakar jo‘natilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stansiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, komissiya tarkibiga ombor mudiri T.Nizomov va O.Egamovlar va buxgalter N.Qosimovlar kiritilgan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha mol yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg shakar, har bir kilogrammi 120 so‘mdan umumiy so‘mmasi 3000000 so‘mni tashkil qiladi. Shakarni tortib ko‘rilganda 150 kg shakar so‘mmasi 18000 so‘m kam kelganligi ko‘rsatilgan. Qabul qilish dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad so‘mmasi 2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayish normasi 0,15% etib belgilangan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.


Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: Hisobot davri boshiga materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 ming so‘mlik, yordamchi ishlab chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti uchun 50 ming so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash uchun 70 ming so‘mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» -1000 ming so‘m;
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» -200 ming so‘m;
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» -60 ming so‘m;
Debet 9410 «Sotish xarajatlari» -70 ming so‘m;
Debet 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» -180 ming so‘m;
Kredit 1000 «Materiallar» -1330 ming so‘m.
Talab qilinadi: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq noto‘g‘ri buxgalteriya provodkalarini aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.


Masala. Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ikki kamerali sovutkich 800 ming so‘mga sotildi. Uning xarid qiymati 620 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu tovarda yashirin nuqsonlar borligi aniqlanganligi sababli xaridor bir haftadan keyin uni qaytarib berdi, o‘z navbatida, unga o‘zi to‘lagan to‘lov so‘mmasi qaytarildi. Korxonada tovarlar hisobi sotish narxi bo‘yicha yuritilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi operatsiyalar quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:


Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish