Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,65 Mb.
bet26/267
Sana07.04.2022
Hajmi7,65 Mb.
#533883
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   267
Bog'liq
2 5314454053734847200

http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  • http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)

  • http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

  • https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  • https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  • https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  • https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)


    4-MAVZU: AUDITORNING KASB ETIKASI

    4-MAVZU: AUDITORNING KASB ETIKASI




    REJA:
    1. Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha, uning ahamiyati va me’yoriy asoslari

    2. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi

    3. Axloq kodeksining asosiy talablari


    4. Auditning axloq kodeksi tamoyillari


    Tayanch so’z va iboralar: Auditor etikasi, axloqiy talablar, qadriyatlar, axloq kodeksi, vijdonlilik, halolik, mustaqillik, maxfiylik, professional kompetentlilik, professional xizmatlar, o’zaro munosabatlar

    1. Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha, uning ahamiyati va me’yoriy asoslari


    Etika tushunchasi insonlarning shaxsiy va kasbga oid odob-ahloqlarini tartibga soluvchi normalar yig’indisi bilan bog’liqdir. Qoida tariqasida, ushbu normalar muayyan bir jamiyat uchun turli kategoriyadagi fuqarolarni, jamoalarni va guruhlarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqiladi.
    Etika (grek tilidan olingan bulib, “urf odat, rasm rusum”) - odob va ahloq qoidalarini falsafiy jihatdan o’rganadi.
    Moral - ya’ni, odob-ahloq (lotin tilidan olingan bulib , moralitas – umum tan olingan an’analar, kishi bilmas qoidalar manosini anglatadi) - jamiyatda yaxshi va yomon, to’g’ri va noto’g’ri, yaxshilik hamda yomonlik haqidagi qarashlar, shuningdek ushbu qarashlardan kelib chiquvchi yurish turish qoidalari yig’indisidir. Etika, o’z navbatida, odob axloq haqidagi ilmni aks ettiradi.
    Odoblilik - bu shaxsning ichki holati, tuzilishi bo’lib, u o’zining mustaqil hoxish irodasi va o’z vijdonidan kelib chiqib harakat qilishini bildiradi. Aksariyat hollarda odoblilik moral so’zining sinonimi sifatida qaraladi.
    Insonning qadr qimmatli yo’nalishlarini o’rganish nafaqat bilishga oid ma’no mazmunga ega, balki ulkan amaliy malakaga ham ega bo’lishga ko’mak beradi.
    Qadriyatlar - bu:

    • Ijtimoiy aloqalarning maqbul holatidir;

    • Voqea va hodisalarni baholash mezonidir;

    • Maqsadga yo’naltirilgan faoliyat mazmunidir;

    • Jamoaviy o’zaro faoliyatning tartibga soluvchisidir.

    Shu asnoda, mazkur qadriyatlar insonlarga xos bo’lgani kabi jamiyatga ham yuzaga keluvchi vaziyatlar haqida fikr yuritish, ob’ektiv holatlarni bir butunligini tan olish va baholash, keyinchalik esa, inson yurish turishini tartibga solish maqsadida ushbu holatlar yuzasidan maqbul echimni topishga imkon beradi.
    Kasbga oid odoblilik - bu ma’lum bir kasb faoliyatida qo’llaniladigan umuminsoniy odob ahloq printsiplar xisoblanadi.
    Umuminsoniy qadriyatlar, qoida tariqasida, muayyan bir jamiyatga tegishlidir hamda oilada vujudga kelgan urf odat va an’analar, maktabdagi tartib va qoidalar, ijtimoiylashuv jarayon ta’siri natijasida insonda shakllana boshlaydi.
    Kasbga oid odoblilikning mavjudligi inson mehnat faoliyatining o’ziga chos xususiyatlari bilan bog’liqdir ( mehnatning xususiyatlari va mezonlari, korporativ yo’nalish va hokazo).
    U yoki bu sohaning mutaxassislari tashkilotlarda bir xil vazifadagi majburiyatlarni amalga oshiradilar. Ushbu faoliyat natijasida ular tomonidan ma’lum bir odob ahloq qoidalari ishlab chiqiladi. Mazkur qoidalar kasbiy vazifalarni hal etishda foydali yordam bera oladi, ularning bilimi esa mutaxassislarning shaxsiy jihatlarini takomillashtirishga imkon yaratadi.
    Kasbiy qadriyatlar - kasbiy tahlim va amaliy faoliyat bilan yuzaga keladi hamda umuminsoniy, milli, va shaxsiy qadriyatlar kabi tashkilotlar va guruhlarning qadriyatlarini aks ettiradi.
    Ular kasbiy uyushmaning eng muhim ehtiyojlaridan biri bo’lmish kasbiy vazifalarni hal qilishda konsolidatsiyaga bo’lgan ehtiyojni qoniqtiradilar. Ushbu ehtiyojni qondirishda ideallik o’ziga xos o’rini egallaydi.
    Ideal — bu faoliyatning eng yuqori cho’qqisini aks ettiruvchi, asosiy baholash mezonining namunasi hisoblanadi.
    Kasbiy faoliyatda quyidagilar ajratib ko’rsatiladi:

    • Kasbiy xarakteristika oldidagi etik majburiyatning mavjudligi. Masalan, kasbiy manfaatlarni himoya qilish, uning bir butunligi va obro’sini asrash, etika qoidalarini bajarish, o’z kasbiga bo’lgan muxabbat, har bir qilayotgan ishiga vijdonan yondoshish, kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida ijodkorlikni namoyon qilish, simvollik, kasbiy tartib taomillar.

    Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan etik normalar, mutaxassisning o’z shaxsiy xislatlarini namoyon qilishi hamda o’z o’zini kamolotga etkazishi, kasbiy faoliyatda yuqori malakaga erishish.
    Ma’lum bir faoliyat doirasidagi madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi kasbiy mahorat bo’lib hisoblanadi.
    Muayyan bir sohada kasbiy qadriyatlar va qimmatliklarning mavjudligi hamda amalda ishlab turishi uning ishchilari uchun uning majburiyatlari bilan bog’liq ko’pgina kasbiy holatlarni anglab etishga va ularni amaldagi qadriyatlar tizimi bilan o’zaro munosabatini aniqlashga imkon beradi.
    Kasbiy etika tushunchasi.
    Insonlarning mehnat faoliyatidagi o’zaro odob ahloq munosabatlarini kasbiy etika tartibga soladi. Jamiyatning normal darajada ishlab turishi va uning rivojlanishi turli xil moddiy ne’matlar va moddiy qadriyatlarning uzluksiz jarayonda yaratilishi sharoitida amalga oshirilishi mumkin. Ammo uning mavjudligi va rivojlanishi faqatgina huquqiy hamda iqtisodiy qonunlarga bog’liq emas. Asosiy o’rinni u yoki bu kasbiy faoliyat asosida quriladigan odob ahloq tamoyillari egallaydi.

    Download 7,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   267




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish