Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,65 Mb.
bet173/267
Sana07.04.2022
Hajmi7,65 Mb.
#533883
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   267
Bog'liq
2 5314454053734847200

T/r



Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni

So‘mma
(ming so‘mda)

Hisobvaraqlar
Korresponden
siyasi

Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar

Debet

Kredit

1

Korxona kassasiga uning hisob raqamidan pul mablag‘lari kelib tushganligi aks ettirildi

5 300

5110

5210

Kassir hisoboti, chiqim kassa orderi, xizmat safari haqidagi buyruq, bo‘nak hisobi

2

Korxona xodimlariga ish haqi bo‘yicha qarzlar to‘lovi aks ettirildi

4 500

6510

5110

Kassir hisoboti, chiqim kassa orderi,

3

Xizmat safari xarajatlari uchun so‘mmalarni hisobdorga berish aks ettirildi



500

4120

5210

Kassir hisoboti, chiqim kassa orderi, xizmat safari haqidagi buyruq, bo‘nak hisobi

4

Xo‘jalik xarajatlari uchun so‘mmalarni berish aks ettirildi

100

4220

5210

Ish haqini berish uchun qaydnoma

Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?Ya
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?


Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi:

    1. Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko‘rsatish uchun pul to‘langan:

Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schoti – 3000000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 3000000;

    1. Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:

Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti – 1500000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 1500000;



    1. Oborot mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to‘langan:

Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schoti – 74000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti – 74000;



    1. 8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg‘a olingan:

Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti – 270000;
Kredit 5010 “Kassa” schoti – 270000.
Talab qilinadi:

  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

  2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

  3. Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.



Masala. 10 - fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so‘m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo‘yicha shu kun boshiga naqd pul qoldig‘i 25600 so‘m bo‘lgan. 10 - fevral kuni № 151 - kassa kirim orderi bo‘yicha 1-kassaga 30000 so‘m pul tushgan va shu so‘mma kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga tushgan 27000 so‘m № 152 - kassa kirim orderi bo‘yicha kirim qilingan. 10 - fevraldagi № 137- kassa chiqim orderi bo‘yicha bankka 44800 so‘m topshirilgan.
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko‘rsatib o‘tgan:
Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so‘m.
Ishchi A.SH.Ahmedovaga 40000 so‘m.
Kassir L.A. Abdullayeva 35000 so‘m.
Kassir fikri bo‘yicha bu so‘mmalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab qolinadi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Inventarizatsiya bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiring. Holatga baho bering.
Masala. Bank tomonidan korxona kassasiga naqd pul qoldig‘i me’yori 20000 so‘m qilib belgilangan. Tekshirilayotgan davr mobaynida 5010-«Kassa» schoti bo‘yicha registrda hamda kassa hisobotida naqd pul qoldig‘i ko‘rsatilgan.
1-fevralda 35000 so‘m;
18-fevralda 760000 so‘m;
1-martda 220000 so‘m;
1-aprelda 286500 so‘m;
15-aprelda 148700 so‘m;
2-mayda 137000 so‘m;
15-mayda 128000 so‘m;
5- iyunda 472700 so‘m;
1-iyulda 127000 so‘m;
10-iyulda 168000 so‘m;
1-avgustda 113000 so‘m;
10-sentabrda 157000 so‘m;
10-Oktabrda 158000 so‘m;
12-dekabrda 158000 so‘m.
Savdo korxonalari uchun ish haqi berish sanasi har oy uchinchi yoki o‘n yettinchi kuni qilib belgilangan.
Talab qilinadi: Kassada inventarizatsiya qoidalari buzilgan yoki yo‘qligini aniqlang?


Masala. Aprel oyida korxonada 400 dollar valuta sotildi. Valuta sotilgan sanada valuta kursi 1dollar = 2054,5 so‘mni tashkil qilgan. Bu muomala korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan:

  1. Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi joriy schotidan hisobdan chiqarildi:

Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m;
Kredit 5220-“Chet eldagi valuta schoti” schoti -821800 so‘m;

  1. Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi bo‘yicha hisob-kitob schotiga pul kirim qilindi:

Debet 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -821800 so‘m.
Kredit 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m,

  1. Valuta sotilgani uchun bankning komission xizmat haqi hisobdan chiqarildi:

Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti -2650 so‘m.
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -2650 so‘m,

  1. Valutani sotish bo‘yicha foyda so‘mmasi aks ettirildi:

Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -1600 so‘m.
Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m.
Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m,
Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -1600 so‘m,
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Kontrakt bo‘yicha Polshaga 6120 dollarga uskunalar sotildi. Valutaga sotilgan asosiy vositalar korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali hisobga olingan:
Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -400000 so‘m;
Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -400000 so‘m.
Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti -392000 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -392000 so‘m;
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti -979200 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -979200 so‘m;
Debet 4710-“Xodimlarning kreditga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari” schoti -195840 so‘m;
Kredit 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti -195840 so‘m.
Xaridor to‘lovni ikki marta amalga oshiradi.

  1. 15.08. sanada 35000 doll. 868000 so‘m. Shu sanada 1 doll.= 24,8 so‘m.

  2. 06.09. sanada 5000 doll. 126000 so‘m. Shu sanada 1 doll. = 25,2 so‘m.

Uskuna jo‘natish qabul-topshirish akti bo‘yicha 10.09.da amalga oshirildi. Shu sanada doll. kursi 25,4 so‘mni tashkil etgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Auditor bosh daftar va kassa daftarini schotlari oborotlarini tekshirib bir necha xo‘jalik muomalalariga oydinlik kiritdi. Bosh daftar hamda kassa daftarida quyidagicha provodkalar keltirilgan.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” schoti.
Boshlang‘ich hujjatlar va unga ilova hujjatlarida kassaga naqd pul tushganligi ma’lum bo‘ldi. Naqd pul quyidagilar uchun tushgan:
A) Korxona avtotransportlaridan foydalanganlik uchun 8500 so‘m;
B) Omborda ba’zi tovarlarni saqlaganligi uchun 12000 so‘m;
S) Ortish tushirish xizmatlari uchun 10800 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi. Korxona do‘konlarining biri Paynet xizmatlarini ko‘rsatgan. Unga maxsus hisobvaraq ochilib, avval-boshdan 1 500 000 so‘m o‘tkazilgan. Quyida ko‘rsatilgan Paynet xizmatlari bo‘yicha oylik yakuniy hisobotlar ilova qilingan.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish