Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,65 Mb.
bet150/267
Sana07.04.2022
Hajmi7,65 Mb.
#533883
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   267
Bog'liq
2 5314454053734847200

MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi quyidagi auditorlik dalillari mavjud:
Haqiqiy tekshirish vaqtida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi inventarizatsiya ma’lumotlari.
2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar.
2810- «Ombordagi tayyor mahsulot» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar.
Auditorning o‘zi ishtirok etgan ishlab chiqarish zaxiralarining inventarizatsiya ma’lumotlari.
Talab qilinadi: Keltirilgan auditorlik dalillarini ishonchlilik darajasi bo‘yicha tizimga keltiring.

Masala. Qurilish tashkiloti o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonida o‘z maqsadlarida foydalanish uchun bino qurdi. Auditor qurilish bilan bog‘liq xarajatlarni miqdorini aks ettiruvchi barcha hujjatlarni to‘pladi.


Talab qilinadi:

  1. Qurilish tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik dalillarini toping.

  2. Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to‘g‘riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tasdiqlang.



Masala. «NAZORAT-AUDIT» firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik dalillarini to‘pladi:

  1. «NAZORAT-AUDIT» firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili;

  2. «NAZORAT-AUDIT» firmasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi aksionerlar reystridan ko‘chirma;

  3. Auditorning o‘zi ishtirok etgan tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi;

Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang.

Masala. Auditor tomonidan quyidagi auditorlik amallari bajarildi:



  1. Transport vositalarini ro‘yxatga olish hujjatlari tekshirildi;

  2. Transport vositalarini qabul qilishdagi birlamchi hujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi;

  3. Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi;

  4. Transport vositalarini sotgan mol yyetkazib beruvchilardan og‘zaki tasdiq olindi;

Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?

Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko‘ra turkumlang va ularni muhimligi va ishonchliligiga ko‘ra tartib bilan qo‘yib chiqing:


A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
B) Tasdiqlangan hujjatlarni ro‘yxatga olish jurnalining «Schotlar bo‘yicha to‘lovlar» bo‘limida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
V) Auditorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan kreditorlar xatidagi ko‘rsatilgan so‘mmalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko‘chirmada ko‘rsatilgan so‘mmalar.

Masala. Auditorlik dalillar bo‘yicha ishchi standart talabiga ko‘ra, auditor muhimlikka ko‘ra test o‘tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha testlar o‘tkazish; b) qoldiqlar bo‘yicha testlar o‘tkazish; v) analitik amallar.


Talab qilinadi: Quyida keltirilgan amallarni yuqorida aytib o‘tilgan muhimlilikka ko‘ra test o‘tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o‘ting:
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni solishtirish.
2.Cheklar reystrida qayd etilgan «to‘langan» cheklar bo‘yicha provodkalarni topshirish.
3. To‘lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o‘tkazish.
4. Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash va tarmoq bo‘yicha taqqoslash.
5. Yil oxiriga bank schotlarini tekshirish.
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish.
7.Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zaxiralarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.


Masala. Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada 7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko‘rsatuvchi 4 o‘rindiqli stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi. Korxonada 2012 - yilning IV choragida butun korxona bo‘yicha haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash fondi 14 200 000 so‘mni tashkil etsa, stollar soni o‘zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobini qanday to‘ldirish lozimligi bo‘yicha maslahat-tushuntirish bering.


Masala. Kichik qo‘shma korxonaning asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish hisoblanadi. U umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘laydi. 2010 - yilda korxonada xomashyo bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Korxona boshqa korxona bilan 1 yil muddatga moddiy yordam to‘g‘risida qarz shartnomasini tuzdi. Qarz beruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchisidir. Qarz beruvchining hisobvaraq-fakturasida QQS ko‘rsatilmagan, chunki uni to‘lamaydi. Qarzni belgilangan muddatda qaytarish chog‘ida korxonada hisobvaraq-fakturani to‘ldirish borasida shubha paydo bo‘ldi. Agar QQS ustuni to‘ldirilsa, bu QQS hisobotida (7-ilova) qanday aks ettiriladi? Qarz beruvchi hisobvaraq-fakturani qanday qilib to‘g‘ri to‘ldirishi kerak? Ikkala tarafning buxgalteriya provodkalari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Masala. MCHJ balansida 2009 - yilda xarid qilingan uchta avtomashina bor. MCHJ ustavi va ta’sis hujjatlariga muvofiq ulardan biri uchinchi shaxsga tekinga berilgan? Yuqorida keltirilgan muomalalarni to‘g‘ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirishda qanday ma’lumot manbalari yoki dalillar o‘rganilishi lozim?
Masala. Ulgurji savdo qiluvchi korxonaning 2011 - yil yanvar-sentabr oylaridagi tushumi 32 000 ming so‘mni tashkil qilgan. IV chorakda 14 500 ming so‘mlik tovarlar realizatsiya qilingan. Oktabrda xaridor sentabrda sotilgan 600 ming so‘mlik tovarning bir qismini qaytargan. Ushbu tovarning xarid qiymati 370 ming so‘mni tashkil etgan.
Korxona qaytarilgan tovar so‘mmasi - 600 ming so‘mga yillik tovar oborotini kamaytirgan. Shu tariqa, 2011 - yil uchun YAST hisob-kitobining 010-satrida aks ettiriladigan tushum 45 900 ming so‘mni (32 000 + 14 500 - 600) tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida tovarning qaytarilishi quyidagicha aks ettirilgan:


Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish