Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona 2013 - yilning boshida 4000 ming so‘mga avtomobil sotib olgan va uni sug‘urtalagan. 2013 - yilning ohirida avtomobil avariyaga uchraganligi sababli sug‘urta tashkiloti 3500 ming so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovini to‘lab berdi. Avtomobilning 2013 - yil oxiriga bo‘lgan balans qiymati 3000 ming so‘mni tashkil qilgan. Sug‘urta tashkilotidan olingan mablag‘ga yangi avtomobil sotib olingan. Buxgalter tomonidan 3500 minig so‘mlik sug‘urta qoplamasi daromad sifatida qabul qilingan.
Talab qilinadi: Mazkur holatda buxgalter to‘g‘ri yo‘l tutganmi. Sizning fikringizcha sug‘urta qoplamasining qanday qismi jami yillik daromadga kiritilishi kerak.
Masala. Auditor tomonidan tekshiruv jarayonida 2020 - yilda “Foton” kompaniyasi tomonidan foydali xizmat muddati tugagan uskunani 13 500 ming so‘mga sotilganligi aniqlandi. Uskunaning boshlang‘ich qiymati 230000 ming so‘mni, chiqib ketish sanasidagi to‘plangan amortizatsiyasi 225000 ming so‘mni, 2020 - yilda uskunaga xizmat qo‘rsatish xarajatlari 10 000 ming so‘mga teng bo‘lgan. Mazkur xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha kompaniya buxgalteri tomonidan asosiy vositalarni chiqib ketishi bilan bog‘liq daromad yoki zarar hisobga olinmagan.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Olingan dalillarga asoslanib yuqoridagi holat amaldagi qonunchilikga muvofiqligini izohlab bering.
Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo‘lgan: shartnoma shartlarini buzganlik uchun mol yetkazib beruvchilardan olingan 114 ming so‘mlik jarima so‘mmasi; xaridorlar bilan shartnoma bo‘yicha aniqlangan o‘tgan yil foydasi 40 ming so‘m; da’vo muddati tugagan 6 ming so‘mlik kreditorlik qarzlari; inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha 10 ming so‘mlik tayyor mahsulot kirim qilingan. Mazkur holatlar buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtirilgan:
Debet 5110 “hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti, - 114 ming so‘m;
Kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”schoti, - 114 ming so‘m;
Debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar”schoti,- 40 ming so‘m;
Kredit 9340 “O‘tkan yil foydasi” schoti,- 40 ming so‘m;
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti,- 6 ming so‘m;
Kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” schoti,- 6 ming so‘m.
Debet 2810 “Tayyor mahsulot” schoti,- 10 ming so‘m;
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 10 ming so‘m.
Talab qilinadi:
Olingan dalillarga asoslanib yuqoridaga holatlar bo‘yicha buxgalter tomonidan yo‘l qo‘yilgan(agar mavjud bo‘lsa) xatolarni aniqlab, uni tuzatish va yakunlovchi provodkalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar bering.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Korxona hisobot davrida moliyaviy faoliyat bo‘yicha quyidagi daromadlarga ega bo‘lgan: sho‘ba korxonalarga hisoblangan dividendlar 50 ming so‘m; berilgan zayomlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 40 ming so‘m; debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari 70 ming so‘m; subyektni uzoq muddatli ijara berishdan hisoblangan foizlar -100 ming so‘m. Mazkur holatlar buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtirilgan;
Debet 4840-“Olinadigan dividentlar” schoti,- 50 ming so‘m;
Kredit 9220-“Boshqa aqtivlarning chiqib ketishi” schoti,- 50 ming so‘m.
Debet 5110-“Hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti,- 40 ming so‘m;
Kredit 4830-“Olinadigan foizlar schoti,-40 ming so‘m.
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti,- 70 ming so‘m.
Kredit 9390-“Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 70 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |