Tashqi auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida dunyo mamlakatlari ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti o`zining ma`no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat-milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Biroq, o`z o`rnida ta`kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma`lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o`zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo`jaligining yahlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jixati - jahonning bir mamlakatida ro`y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o`z ta`sirini o`tkazishi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma`noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo`ladi. Shunga ko`ra, biz mamlakatimiz audit tizimi rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etadi. Shu munosabat bilan so`ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo`yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ilgarigi iqtisodiy tizim o`rniga Jahon andozalariga mos demokratik-huquqiy davlatni barpo etish modeli tanlab olindi. Shuning uchun ham o`tish davrida huquqiy asoslarni shakllantirish, islohatlarning qonuniy huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish vazifasi qo`yildi.
Auditning moxiyatini, ahamiyatini va vazifalarini tahlil qilish uning juda murakkab, ijtimoiy betaraf iqtisodiy vosita ekanini ko`rsatmoqda. Rivojlangan g` arb davlatlarida auditining jadal rivojlanishini taxminan XIX asrda kapital sarfi jadallashuvi va bu kapitalning yirik sanoat, qishloq xo`jaligi hamda jahon savdosiga mos keladigan shakli aksiyadorlik jamiyatlari tez rivojlanishi bilan bog` lik , ravishda boshlangan. Bunday sharoitda investorning aksiyadorlik jamiyatlarining yollangan ma`muriyati bilan munosabatlari tubdan o`zgartirdi. Aholining mulkiy tabaqalanishi, shuningdek soha kapitalining rivojlanishi investorlar tarkibida, ularning qiyofasida muhim siljishlarga olib keldi. Noob`ektiv axborotga asoslanib xo`jalikga oid qarorlarni qabul qilish ko`p xollarda salbiy iqtisodiy oqibatlarga va xatto ayrim aksiyadorlik jamiyatlarining bankrot bo`lishiga olib keldi, ya`ni turli emitentlarning hisobotlari to`g` riligi to`g`risida mutaxasis sifatida o`z fikrini bildirish vazifalarini bajarishga qodir bo lga odamlar uchun alohida mahsus bilimlar zarur bo`lib qoldi, hisobot tuzuvchi kompaniyalar ma`muriyati va ularning investorlari, shuningdek bu hisobotdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning manfatlari ob`ektiv ravishda bir-biridan ajraldi.
Jahon amaliyotida audit tekshiruvi haqida turli fikrlar, turlarga bo`lishga turlicha yondashishlar bor.
Majburiy audit-buxgalteriya hisobotlari hamma jixatlari ishonchliligini audit xulosasida ifodalashdir.
Tashabbusli audit - tekshiruv davrida amalga oshirilishi kerak bo lga maqsad shartnomada kelishib olinadi va maqsadlar maslaxat, tahlil ko rinishida namuna tekshiruvi, hisobot ishlar tekshiruvi va boshqa o ri ishlarda bo`ladi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ekt majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bo` ladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ekt mulkdori xodimlar (aktsiyadorlar) umumiy yig`ilishida audit tekshiruvi o`tkazadigan tashkilotni tanlab oladi. Majburiy auditorlik tekshiruvini o`tkazishda bosh tortish xo`jalik yurituvchi sub`ektda eng kam oylik ish haqining yuz baravardan besh yuz baravaricha miqdorda jarima undirishga, xo`jalik raxbarini jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo lishi, jarimaning to`lanishi xo`jalik yurituvchi sub`ekti majburiy auditorlik tekshiruvidan ozod qilmasligi qonun bilan belgilangan
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi (11-modda) buyurtmachilar qarorda belgilangan tartibda o`tkaziladi. Qonunda auditorlik tekshiruvi ob`ekt, muddati va boshqa shartlari buyurmachilar bilan auditorlik tashkiloti o`rtasidagi shartnomaga muvofiq belgilanishi ko` rsatilgan . Korxona va tashkilotlar yil yakunida majburiy auditdan o`tkaziladi.
O`zbekistonda tashqi auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko`ra, auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo lga yuridik shaxsdir. Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflashmiz mumkin.
Tashabbus tarizdagi auditorlik tekshiruvi
1-chizma. Mamlakatimizda tashqi auditorlik faoliyati1 .
Shunday qilib, tashqi auditorlik tekshiruvini tashkil etish va boshqa shu bilan
bog`liq, professional xizmatlar ko`rsatish litsenziyasiga ega bo lga yuridik shaxs auditorlik tashkiloti bo`lib hisoblanadi degan ma`no kelib chiqmoqda. Bunda
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ro`lini oshirish to`g`risida»gi 365-son qaroridagi «Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to`g`risida nizom»da
ko`rsatilishicha. Auditorlik faoliyati, bundan auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari mustasno, faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyasi mavjud bo`lgan hollardagina amalga oshiriladi». Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mamlakatimizning hozirgi zamon talablariga mos va yaqinlashtirish audit va buxgalteriya hisobi sohasidagi rivojlanishning boshlang`ich davri sifatida qarab, tashqi auditorlik tekshiruvlarining metodologiyasini va milliy auditorlik standartlarini xalqaro auditorlik standartlariga yaqin va solishtiruvchan bo`lishligini ta`minlashi lozim. Mamlakatimizda bu borada amalga oshiriladigan iqtisodiy o`zgarishlar kelajakda mamlakatimiz auditorlik tashkilotlari Jahon auditorlik xizmatlari bozorida o`z o`rniga ega bo`lishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |