22-amaliyot kuni
Mavzu: Animatsiyaning asosiy tamoyillari. Kompyuter animatsiyasi ishlab chiqish bosqichlari
Animatsiyaning 12 tamoyili uning asosiy tamoyillari yig’indisidir. Bu tamoyillar ko’p yillik ish mobaynida UOLT DISNEY studiyasi tomonidan kiritilgan bo’lib, Disney multiplikatorlaridan bo’lgan Djonston va Frank asosiy qonunlariga muvofiq yaratish bo’lsada, ularda his va jalb qiluvchi belgilardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlabki animatsiya an’anaviy qo’l chizmalaridan iborat bo’lgan bo’lsa-da, bu kompyuter animatsiyasi rivoji uchun juda ahamiyatli hisoblangan.
Squash and Stretch (Siqilish va Cho’zilish)
Birinchi tamoyil eng asosiy va muhim tamoyillardan biri hisoblanib, uning vazifasi chizilgan obyektga vazn va ana shu vaznga mos tarzda moslashuvchanlikni belgilab berishdir.
Anticipation (Tayyorlov va mustaxkamlash)
Tayyor obyektni erkin harakatlantira olish bu yanada real namoyish imkoniyatini yaratadi. Masalan, o’yinga tushadigan obyektimiz oldin tizzasini buka olishi, tepishi, ko’tarishi kerak. Bu jismoniy harakatlar, yaratayotgan obyektimiz ekranda harakatlanganda odamni yanada hayratlantirishga, qiziqtirishga undaydi.
Staging (Ketma-ketlikda sahnalashtirish)
Bu tamoyil asosan teatr yoki kinolar uchun. Bunda asosiy vazifa tomoshabinni o’ziga jalb qilishdir.
Straight Ahead Action and Pose to Pose (To’g’ridan-to’g’ri harakat va ketma-ketlikdagi harakat) Bu ikki atama aniq chizilgan jarayonning turlicha talqinidir. «To’g’ridan to’g’ri harakat» jarayonni boshidan oxirigacha bo’lgan ko’rinishlarini chizib olshni anglatsa, «Ketma-ketlikdagi harakat» o’z ichiga boshlang’ich jarayonning muhim ko’rinishlarini chizishdan boshlab, so’ng shu ko’rinishlarni to’ldiradi.
Follow Through and Owerlapping Action (Harakatni yakunlash va bir-biriga ulash)Bu tamoyilda har bir harakat, belgilarni yanada aniqlashtirish uchun fizika qonunlari asosida reallikka olib keladi.
Slow In and Slow Out (Sekinlashish va sekin harakatdan chiqish)Inson tanasining yoki har qanday boshqa obyektlar harakatini boshlashi yoki tugatishi uchun ma’lum bir qisqa vaqt kerak bo’ladi. Bu holatda animatsiyaning yanada hayotiy ko’rinishi uchun kadrlarning oxiri va boshida ko’proq kadrlardan foydalaniladi.
Arc (Yoy)Bu tamoyilga muvofiq obyekt o’zining tabiiy harakatlarni o’q arbitasi atrofida amalga oshiradi. Bu orbital harakat oyoqlarning ko’tarilishi yoki biror bir jism tashlanayotganda, harakatlanganda, qimirlaganda o’zining o’q yoyi belgilanadi.
Secondary Action (Ikkinchi darajali harakat)
Bu tamoyilda biz tabiiy harakatlarni to’liq ifoda etish uchun mimikalardan foydalanishimiz mumkin
Timing (Vaqtni hisoblash)
Jismoniy harakat bilan mimikalarni bir-biriga birlashtirgandan keyin, albatta, uning vaqtini ham hisoblash obyektni tabiiy bo’lishiga yanada yordam beradi.
Exaggeration (Bo’rttirib ko’rsatish)
Aslida mukammal taqlidda ham multfilmlar zerikarli ko’rinishi mumkin. 11. Solid drawing (Yaxlit chizma) Obyektni yaxlitlikda chizish tamoyili uning 3 o’lchamli fazodagi o’lchamlar formasidan olinib, personajning shakli, og’irligi, ko’rinishida taqdim etishni ifodalaydi.
12. Appeal (Jalb etish)
Do'stlaringiz bilan baham: |