26-amaliyot kuni
Mavzu: 3ds Maxda ko‘pburchakni
modellashtirish(tahrirlanadigan yuzalar bilan ishlash).
3ds Maxda mantiqiy operatsiyalar yordamida modellashtirish Kasbiy faoliyat sifatida dizayn XIX asr oxirlarida shakllana boshlagan. Sanoat taraqqiyoti va ilmiy-texnik yutuqlar yuqori sur’atlarda turlicha mahsulotlarni yaratishga zamin yaratdi va raqobat muhitining shakllanishiga olib keldi. Natijada, obyektlarning nafaqat tashqi ko‘rinishini jozibali qilib yaratish, balki texnologik ishlab chiqarishda qismlarga bo‘lish va ular ustida ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarga talab ortdi.
27-amaliyot kuni
Mavzu: 3ds Maxda obektlar bilan asosiy operatsiyalar. 3ds Maxda obektlarni o‘zgartirishning asosiy usullari. Animatsiya mahsulotlari.
Create (yaratish) buyruqlar paneli. Standart obyektlar tasnifi.
Create (yaratish) buyruqlar paneli grafik jihatdan bosh
menyuning bir xil nomdagi bandlarini takrorlaydi va proeksiya oynalarida turlicha obyektlarni yaratish imkonini beradi.
Bir xil mavzuda jamlangan har xil obyektlardan tashkil topgan ettita tugma: Geometry (Geometriya) – geometrik obyektlar yaratish; Shapes (Splaynlar) – ikki o‘lchovli geometrik figuralar yaratish; Lights (Yorug‘lik) – yoritish manbalarini yaratish; Cameras (Kameralar) – sahnada kamera yaratish; Helpers (Yordamchilar) – sahna bilan ishlashni engillashtiruvchi vizuallashmagan obyektlarni yaratish; Space Warps (Fazoviy deformasiyalar) – sahnadagi o‘zgaruvchan obyektlarning (bomba, to‘lqin, gravitasiya va
b.) belgilangan qonuniyatlari bo‘yicha vizuallashmagan obyektlarni yaratish; Systems (Sistemalar) – parametrik sistemalar yaratish (suyaklar simulyasiyasi, quyosh nuri va b.).
Turli toifadagi obyektlarni yaratish ro‘yxati – ushbu ro‘yxatdagi turlicha bandlarni tashlashda Object Type (Obyekt turi) tarkibiy bo‘lmasi o‘zgaradi.
Object Type (Obyekt turi) bo‘lmasi – obyektlarni yaratishga xizmat qiladi. 4. Name and Color (Nom va rang) bo‘lmasi – ushbu bo‘lmada yaratilgan obyektning nomi va rangini o‘zgartirish mumkin. Agarda bir xil tipdagi obyektlar yaratilsa, dastur ularni turli koef-fitsiyentlardagi bir xil nomlar bilan o‘zlashtiradi, masalan: Box01, Box02 va b. Obyekt nomini o‘zgartirish uchun, mazkur bo‘lmada berilgan nom o‘rniga obyektning o‘z nomini kiritish lozim. Yaratilgan obyekt rangini o‘zgartirish uchun, obyekt nomi ro‘parasidagi rang ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak va paydo bo‘ladigan oynadan zaruriy rang tanlanadi.
5. Yaratiladigan obyektning o‘zgaruvchan parametrlari bo‘l-masi: Creation Method (Yaratish metodi), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish), Parameters (Parametrlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |