Kiyilaverib eskirib ketgan, juldur
kabi ma’nolarni ifodalovchi salbiy emotsional-
ekspressiv bo‘yoqdor so‘z qaysi javobda berilgan?
A) yuvuqsiz
+B) qo‘sqi
C) irkit
D) quroq
17.
Tamaddun
so‘zi
madaniyat
so‘zi bilan o‘zaro ma’nodoshlikni hosil qiladi. Ushbu
ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
18.
Badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan
zamon qo‘shimchalari qaysi?
+A) -gay, -ajak
B) -a, -y
C) -yap
D) -moqchi
19.
Aql inson uchun eng oliy ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori
o‘rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi
. Ushbu gapda necha
o‘rinda yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan?
A) 4 ta
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
+B) 3 ta
C) 2 ta
D) 1 ta
20.
Shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y
cho‘zadi
. Ushbu gapda hokim qismlari ega va to‘ldiruvchi vazifasida kelgan
aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. Ushbu ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
21.
Qaysi gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan?
+A) Bundan ham sotuvchi, ham xaridor foyda ko‘radi va mamnun bo‘ladi.
B) Akang bilan qolasan yoki shartimga ko‘nasan.
C) Nafaqat seni, balki bizni ham izlashadi endi, chunki birga tushgan suratimiz bor
edi.
D) Yangi fayllarni direktor bilan menejer ko‘rib chiqishadi, lekin siz ham
tanishishingiz kerak.
22.
Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega?
1) ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) ari; 6) qarg‘a.
A) 3 tasi
B) 4 tasi
+C) 5 tasi
D) 6 tasi
23.
Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz.
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r
bo‘ldi.
C) Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi.
+D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
24.
Qaysi javobdagi ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi Boybo‘ri obrazi haqida?
A) U o‘g‘lini qutqarish uchun otlanadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi.
+B) U kunlardan bir kuni o‘g‘li bilan saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi.
C) U darvozabon bilan suhbatlashib o‘tirganda begona yurtga otlangan o‘g‘lini ko‘rib
qoladi.
D) U bir necha yil o‘zining o‘rniga qushbegisini qo‘yib, o‘g‘lining o‘tida kuyib,
tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotadi.
25.
“O‘tkan kunlar” romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni yurtni qipchoqlarga qarshi
qayragan qora choponlar tarafdori sifatida yomonlab qo‘rboshi bilan til biriktirgan,
tuhmat qilgan qahramon kim?
A) Sodiq
B) Ziyo shohichi
+C) Homid
D) Rahmat
26.
Ibroyim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang.
+A) Ijodkorning tarjimalari “Mangu buloqlar” nomi bilan chop etilgan.
B) Shoirning birinchi asari “Arg‘umoqlar” nomi bilan dunyo yuzini ko‘radi.
C) Ijodkorning she’rlar va dotonlardan iborat dastlabki to‘plami “Biz boramiz” nomi
ostida o‘quvchilarga hadya etildi.
D) Shoir ba’zi she’rlariga “Firog‘iy” taxallusini qo‘yadi.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
27.
“…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik
qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi
bo‘lsun, yomon bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting
emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni
so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”
O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari ifoda etilgan ushbu
parcha qaysi asardan olingan?
A) “Navoiy” (Oybek)
B) “Sohibqiron” (Abdulla Oripov)
+C) “Ulug‘bek xazinasi” (Odil Yoqubov)
D) “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
28.
Rohat tashlab, jon mehnatin xushlag‘anlar,
Saharlarda jonin qiynab ishlag‘anlar,
Ho-yu havas, moumonni (manmanlikni) tashlag‘anlar
Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q
.
Chin oshiqning sifatlari tasvirlangan ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A) Atoyi
B) Yusuf Xos Hojib
+C) Ahmad Yassaviy
D) Rabg‘uziy
29.
Do'stlaringiz bilan baham: |