O‘z yog‘iga qovurilmoq
iborasi nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi.
Ushbu ma’lumot...
+A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
23.
Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Sh. Rustaveli shunday degan edi: “Ulug‘ yo‘l kutayotgan bo‘lsa sustkashlik
jinoyatdir”.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
B) “Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak” – deb yozgan edi
L. N. Tolstoy.
+C) Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Inson hayvondan aql bilan farq qiladi”.
D) “Vaqt aqliy mehnat kishisining sarmoyasi”, - degan edi fransuz yozuvchisi O.
Balzak.
24.
Zulfin toblab o‘rgan qizlar,
Elda davron surgan qizlar,
Kaptarday bo‘b yurgan qizlar,
Qalpoq sotib turgan qizlar,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramoni nutqidan olingan?
A) “Rustamxon”
B) “Kuntug‘mish”
C) “Alpomish”
+D) “Ravshan”
25.
Bu asar ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan didaktik asar bo‘lib, u
hozircha bizga yetib kelgan ilk turkey dostondir. Unda shaxs tarbiyasi, uning
jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari va boshqalar badiiy bo‘yoq va timsollarga
burkangan holda tasvirlanadi.
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) “Devoni hikmat”
+B) “Qutadg‘u bilig”
C) “Zarbulmasal”
D) “Qisasi Rabg‘uziy”
26.
Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» majmuasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu majmuaning uchinchi devoniga jami 100 ta g‘azal kiritilgan.
B) Ushbu majmuaning birinchi devoni «Navodir ush-shabob» deb nomlanadi.
C) Ushbu majmua shoirning Husayn Boyqaro iltimosi bilan tuzilgan ilk she’riy
devonidir.
+D) Ushbu majmua «Chor devon» nomi bilan ham mashhur.
27.
Ahbob, yigitlikni g‘animat tutingiz,
O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz,
Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz,
Har nav ila o‘zni necha kun ovutunguz
.
Yigitlik davrini g‘animat bilish, qarilik mashaqqatlari haqida o‘ylab, kuch-quvvatga
to‘la davrning qadriga yetish, adovat va hasad qilishning bahridan o‘tish nasihat
qilingan, ya;ni o‘git tarzida bitilgan ruboiy qaysi shoir qalamiga mansub?
A) Boborahim Mashrab
B) Zahriddin Muhammad Bobur
+C) Alisher Navoiy
D) Lutfiy
28.
Qaysi ma’lumot Zavqiy haqida emas?
A) Ijodkor tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai
Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan.
B) Ijodkor 46 kishini hajv qilib yozilgan she’rini Qo‘qondagi doimo gavjum Mo‘ymarak
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
maydonidagi baland terakka ilib qo‘yadi.
+C) Ijodkor o‘z she’rlarini to‘plab kattagina devon tuzgan va uni «Saodat ul-iqbol» deb
nomlagan.
D) Ijodkor «Ajab ermas» she’rida yurt kelajagi borasidagi armon, orzu va istaklarini
ifoda etgan.
29.
Uvaysiy chistonnavis ijodkor sifatida anoq haqida, yong‘oq haqida, kun va tun haqida
ajoyib chistonlar yaratgan
. Ushbu ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
30.
Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida?
A) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr
qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U «Aruz haqida» kitobini ham e’lon qildi.
B) O‘spirin yoshidayoq yozgan «Adabiyot nadur?» maqolasida millat hayoti, vatan
ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini
namoyon etadi.
C) Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil
etadi.
+D) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida
ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi.
31.
Millatim nasli bashardur,
Vatanim kurrayi arz,
Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz
. Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga
mansub?
+A) Hamza
B) Usmon Nosir
C) Fitrat
D) Cho‘lpon
32.
G‘. G‘ulomning “Vaqt” she’rida «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun
tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan. Ushbu
ma’lumot...
A) To‘g‘ri
+B) Noto‘g‘ri
33.
Qaysi asarda din-diyonat, milliy-diniy qadriyatlar, el-yurtchilikni har narsadan ustun
qo‘yuvchi Saodat aya va ota-bobolari e’tiqod qilgan dindan voz kechib, boshqa dinni
qabul qilgan o‘g‘li Bo‘rixon obrazlari haqida so‘z boradi?
A) “Ufq” (Said Ahmad)
B) “Dunyoning ishlari” (O‘tkir Hoshimov)
C) “Chinor” (Asqad Muxtor)
+D) “Qora ko‘z majnun” (Said Ahmad)
34.
“Yovga ters qaragan musulmon emas!” satrlari bilan yakunlanuvchi, shonli bobolarga
munosib bo‘la olmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etilgan “Turkiylar”
she’rining muallifini aniqlang.
A) Muhammad Yusuf
+B) Shavkat Rahmon
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
C) Omon Matjon
D) Halima Xudoyberdiyeva
35.
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma
. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot
to‘g‘ri?
A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
+B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
C) Radifi qisqa radif sanaladi.
D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
36.
Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l
. Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy
san’atlardan foydalanilmagan?
1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks
A) 1, 3
B) 1, 2
C) 3, 4
+D) 2, 4
37.
Do'stlaringiz bilan baham: |